Shohjahon normurodov


) Narsa otlari - «Nima?» so‘rog‘iga javob bo‘lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi. MSALAN



Download 280,49 Kb.
bet50/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

2) Narsa otlari - «Nima?» so‘rog‘iga javob bo‘lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi. MSALAN: Arslon, boychechak, sho‘rva, ko‘ylak, do‘ppi, bo‘ri, qozon, go‘sht, pichoq, qoshiq, tesha, palto, tulki, arra, bolta, chuchvara, ketmon, choynak, piyola, rayhon, yaldiz, oy, yulduz, quyosh, sher, ayiq, lola, palov, shim, cho‘mich.
Narsa otlari -gich (-qich, -kich, -g‘ich), -gi (-qi, -ki, -g‘i), -k, -q, -oq, -(i)ndi, -ma,
-don va boshqa qo‘shimchalar yordamida yasaladi. –q qo‘shimchasi a unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda, a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo‘ya+q = bo‘yoq kabi. MASALAN: Ochqich, qo‘lyozma, quymoq, suvdon, kiyim, o‘chirg‘ich,
yeldig‘ich, o‘roq, taroq, tutatqi, bezak, qisqich, to‘plam.
TOPSHIRIQ-1. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang.
1. Mundoq qarab razm solsam, ko‘pchilikning qo‘lida kosov, bolta, o‘roq... (Oybek) 2. Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi. (Orif Farmon) 3. Oqqirov kasalligini yuzaga keltiruvchi organizmlar g‘o‘za barglariga uya quradi, tuproqda, o‘simlik chirindilari orasida qishlaydi. Bahorda yana ekinlarni
kasallantiradi. (Gazetadan) 4. Direktor o‘sha terilar uchun xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining oltin medalini oldi. (Said Ahmad) 5. Eshikni ochishim bilan dadam qo‘lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab menga qaradi. (O. Yoqubov).
3)O‘rin-joy otlari - «Qayer?» so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o‘rin-joy otlari sanaladi: Shahar, qishloq, guzar, mahalla, tuman, viloyat, ko‘cha, gulzor, olmazor, saylgoh, sharq, g‘arb.
Bunday otlar o‘rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi, shuning uchun «qayer?» so‘rog‘I bilan birga «nima?» so‘rog‘ini olishi ham mumkin. -zor, -loq, -iston, -goh, - xona qo‘shimchalari o‘rin-joy otlarini yasaydi. M: mevazor, o‘tloq, Guliston, o‘yingoh, mayxona, choyxona va b.
TOPSHIRIQ-1. O‘rin-joy otlarini toping!!
1. Har qalay, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko‘chalar, suvga cho‘milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho‘qqilar, yam-yashil o‘tloqlar ko‘ngliga taskin berar-ku! (Said Ahmad) 2. Darvozadan chiqib, katta yo‘ldan biroz yurilgach, chap tomondagi tolzor ko‘chaga burilishdi. (Abdulla Qahhor) 3. O‘ktam Komila orqasidan yurib, olchazor orqali keng, tekis, bahavo maydonga chiqdi... (Oybek) 4. Cho‘pon otaning katta hovlisi, otlar bog‘langan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo‘ylar turadigan ikkita katta qo‘rasi bor edi. (P. Qodirov)

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish