Борму эркин ҳеч нима
оламда ҳижрондин ямон.
Ҳар неким ондин ямонроқдур,
будур ондин ямон .
Vatan tuyg'usi
Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta'sirlardan, ya'ni issiq va sovuqdan, yorug'lik va qorong'ilikdan ta'sirlanadi. Lekin rang-barang va go'zal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyg'ular bilan yashash faqat insonga xos.
Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta'sirlardan, ya'ni issiq va sovuqdan, yorug'lik va qorong'ilikdan ta'sirlanadi. Lekin rang-barang va go'zal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyg'ular bilan yashash faqat insonga xos. Borliqdagi narsalarning hammasi odamda qandaydir his-tuyg'u uyg'otadi, uning sezgilariga ta'sir qiladi. His-tuyg'u esa narsalarning mohiyatini sezish va bilishga yordam beradi, Ya'ni, yaxshi va yoqimli narsalar go'zal his-tuyg'ularni uyg'otsa, yomon va xunuk narsalar salbiy his-tuyg'ularni uyg'otadi. Sog'lom fikrli insonlarning doimiy ravishda kamolotga intilib yashashining boisi ham ularning his-tuyg'ularining yaxshi, mukammal va ibratli narsalardan muttasil ta'sirlanishi bilan bog'liq. Umuman, inson zoti ta'sirlanuvchandir. Insonning ichki, ruhiy sezgilari his-tuyg'u deyiladi.
His-tuyg'u ikki mustaqil so'zdan (his va tuyg'u so'zlaridan) iborat bo'lib, tuyish, sezish natijasida hosil bo'ladigan ruhiy holatni bildiradi.Inson quvonganida ruhi bir shaklda namoyon bo'lsa, qayg'uga tushganida butunlay boshqacha shaklda namoyon boiadi. Ya'ni, ruh o'zgaruvchan. Chunki u dunyoni o'zida yaqqol aks ettirib turadi. Dunyo esa doimiy harakatda, inson aniq bir makonda yashaydi. Binobarin, uning qalbi ta'sirlanadigan narsa-hodisalar ham ma'lum bir joyda yuz bergani uchun ular o'sha joy bilan bog'liq holda xotirada muhrlanib qoladi. Oddiy qilib aytganda, o'sha joy o'zining tabiiy ta'sirlari vositasida insonning moddiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, uning qalbini, ichki dunyosini ham shakllantiradi.
Qalb arabcha so'z bo'lib, ko'ngil, yurak, dil ma'nolarida ishlatiladi, har qanday makon insonda avvalo muayyan tuyg'ularni uyg'otadi. Keyin ularni o'ziga, o'zining betakror xususiyatlariga moslab tarbiyalaydi. Shuning uchun ham odamning his-tuyg'ulari, xotiralari, ma'naviy tarbiyasi, avvalo, u tug'ilgan, voyaga yetgan Vatan bilan bog'liq. Shu bois, Vatan tuyg'usi insonga bir umr hamroh, hamnafas bo'ladi. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag'rida o'tgan yillarimiz esimizga tushadi, qalbimizda go'zal manzaralar, his-tuyg'ular uyg'onadi. Masalan, Toshkent shahrining Ko'kcha dahasida o'sib-ulg'ayganlar bu nomni eshitishi bilan hayajonlanib ketadi. Yoki Samarqand shahrining Registon yoxud Buxoroning Labi hovuz maydoni atrofida voyaga yetganlar bu nomlarni eshitishi bilan noyob me'moriy obidalarimizni ko'z oldiga keltirib, o'z bolaligini eslaydi, o'sha yillarni qo'msaydi.
Vatan ramzlarini ko'rganda, yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning moddiy va ma'naviy boyliklaridan bahramand bo'lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko'rishganda, ularning sport, madaniyat, san'at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz.
Ramz so'zi belgi, ishora, dalolat degan ma'nolarni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |