program RenDelDemo;
var
f:file;
begin
Assign(f,`MyFile.Dat`);
Rename (f,`Result.Dat`);
{Qayta nomlangan fayllar bilan ishlash}
Erase(f)
end.
Fayllar bilan ishlashning protsedura va funktsiyalari
GetFTime – faylning oxirgi yozilish sanasi va vaqtini qaytaradi.
SetFTime - faylning oxirgi yozilish sanasi va vaqtini o`rnatadi.
PackTime – Date Time yozuvini SetFTime prtsedurasi ishlatadigan Longint turidagi sana va vaqtni ifodalashning ichki kodiga aylantiradi.
UnpackTime – sana va vaqtni Longint turida ifodalashning GetFTime, FindFirst, FindNext protseduralar bilan qaytariladigan ichki kodini DateTime joylashtirilgan yozuvga aylantiradi.
FExpand - fayl ismini qabul qiladi va to`la aniqlangan ismni (disk, katalog, kengaytma) qaytaradi.
FSearch – faylni kataloglar ro`yxatidan izlaydi.
FindFirst – tarkibi faylning berilgan ismi va atributlari bilan mos keluvchi berilgan (yoki joriy) katalogda yozuvni izlashni amalga oshiradi.
FindNext – Find First protsedurasiga bundan oldin murojaat qilinganda berilganlar bilan fayl ismi va atributlari mos keluvchi navbatdagi yozuvni izlaydi.
GetFAttr – fayl atributlarini qaytaradi.
SetFAttr – fayl atributlarini o`rnatadi.
Bundan tashqari fayllar bilan ishlashda (ayniqsa, yangi fayllar yaratishda) DOS modulining yana ikkita funktsiyasi foydalidir.
DiskFree – berilgan diskovodda diskdagi bo`sh baytlar sonini qaytaradi.
DiskSize – berilgan diskning baytlardagi to`la hajmini qaytaradi.
11.5. Turdoshlashtirilgan fayllar
Turdoshlashtirilgan faylning hamma elementlari bir xil turda bo`lishi kerak. Turdoshlashtirilgan fayllar faylli va faylliga tayanuvchi turdan boshqa ixtiyoriy turda bo`lishi mumkin.
Mumkin bo`lmagan e`lonlarga misol:
type TF1 = file of file;
TFR = record
A: Integer;
F: file of Real;
end;
TF2:file of TFR;
Turdoshlashtirilgan fayllarda ketma-ket foydalanish usuli ham, to`g`ridan-to`g`ri foydalanish usuli ham yo`l qo`yiladi. To`g`ridan- to`g`ri ishlash usulida turdoshlashtirilgan fayllarning elementlari hamma vaqt noldan boshlab raqamlanishini eslab qolish kerak.
11.5.1. Turdoshlashtirilgan fayllar bilan ishlash protsedura va funktsiyalari
Turdoshlashtirilgan fayllardan o`qish faqat Read, yozish esa faqat Write protsedurasi bilan amalga oshiriladi. Bunda o`qish (yozish) birligi bo`lib hamma vaqt fayl turi bilan bir xil turdagi o`zgaruvchi bo`ladi.
Read protsedurasi turdoshlashtirilgan fayllar uchun quyidagi formatga ega:
Read (faylli o`zgaruvchi ismi, o`zgaruvchilar ro`yxati)
Read protsedurasi ro`yxatidagi har bir o`zgaruvchiga o`qishda, fayldagi joriy xona ko`rsatkichi navbatdagi elementga o`tadi. Agar fayldagi joriy xona ko`rsatkichi oxirgi elementdan keyin, ya`ni (Eof(f)=True) fayli oxirida turgan bo`lsa, unda Read protsedurasining bajarilishi bajarilish vaqti xatoligiga olib keladi.
Write protsedurasi turdoshlashtirilgan fayllar uchun quyidagi formatga ega:
Write (faylli o`zgaruvchi ismi, o`zgaruvchilar ro`yxati)
Har bir o`zgaruvchini yozishda (o`qishda ham) fayldagi joriy xona ko`rsatkichi keyingi elementga o`tadi. Agar fayl joriy xonasining ko`rsatkichi oxirgi elementdan keyin, ya`ni (Eof(f)=True) fayli oxirida bo`lsa, Write protsedurasini bajarishda fayl kengayadi.
To`g`ridan-to`g`ri foydalanish uchun quyidagi protseduralar belgilangan.
FilePos – faylda joriy xona ko`rsatkichi raqamini qaytaradi (xonalar noldan raqamlanadi).
FileSize – faylning joriy o`lchamini qaytaradi (fayl elementlari soni birdan boshlab hisoblanadi).
Seek – fayldagi joriy xona ko`rsatkichini berilgan raqamli (noldan boshlab hisoblanganda) elementga o`tkazadi.
Truncate – fayl o`lchamini joriy xonagacha qirqadi. Fayldagi joriy xonadan keyin joylashgan hamma elemenlar yo`qotiladi va fayldagi joriy xona uning oxiri (Eof(f)=True) bo`ladi.
11.6. Matnli fayllar
Do'stlaringiz bilan baham: |