var st:String;
begin
…………
if st[s] = A then …
end.
Satrdagi eng birinchi bayt indeksi 0 va u satrning joriy uzunligiga ega. Satrning 1-aniqlik belgisi ikkinchi baytni egallaydi va 1 indeksga ega bo`ladi. Satr uzunligi ustida zaruriy amallarni bajarish va shunday yo`l bilan uzunlikni o`zgartirish mumkin.
Satrlar va belgilar ustidagi boshqa amallar quyida keltiriladigan standart protsedura va funktsiyalar yordamida amalga oshiriladi.
CONCAT (S1 [,S2, …, SN]) – S1, S2, …, SN satr-parametrlar ulanishini ifodalovchi string turidagi funktsiya satrni qaytaradi.
COPY (ST, INDEX, COUNT) – INDEX raqamdan boshlab, ST COUNT satrdan belgilarni nusxalovchi string turidagi funktsiya.
DELETE (ST, INDEX, COUNT) – INDEX raqamli belgidan boshlab, COUNT belgilarni ST satrdan yo`qotuvchi protsedura.
INSERT (SUBST, ST, INDEX) – INDEX raqamli belgidan boshlab. SUBST satrni ST satr orasiga kirituvchi protsedura.
LENGTH (ST) – Integer turidagi funktsiya, ST satr uzunligini qaytaradi.
POS (SUBST, ST) – Integer turidagi funktsiya, ST satrdan SUBST ichki satrning birinchi kirishini izlaydi va o`zi boshlangan xona raqamini qaytaradi, agar ichki satr topilmasa, nolni qaytaradi.
STR (x[:WIDTH[:DECIMALS]], ST) – chiqarish oldidan WRITELN protsedurasi bajargani kabi, ixtiyoriy haqiqiy yoki butun turdagi X sonini ST simvollar satriga, o`zgartiruvchi protsedura; WIDT va DECIMALS parametrlar, agar ular mavjud bo`lsa, o`zgarish formatini beradi: WIDTH haqiqiy yoki butun sonni simvolli ifodalash uchun ajratilgan tegishli maydonning umumiy enini, DECIMALS bo`lsa, kasr qismidagi simvollar sonini (bu parametr X faqat haqiqiy son bo`lgandagina ma`noga ega) aniqlaydi.
VAL (ST, X, CODE) – ST simvollar satrini butun yoki haqiqiy X o`zgaruvchi turi bilan aniqlanadigan o`zgaruvchining ichki ifodalanishiga o`zgartiruvchi protsedura; CODE parametri, agar o`zgartirish muvaffaqiyatli o`tgan bo`lsa, nolga ega bo`ladi, va shunda X ga o`zgartirish natijasi joylashtiriladi, aks holda, u xato simvol topilgan o`rin raqamini ST satrda saqlaydi, va bu holda X tarkibi o`zgarmaydi; ST satrda etakchi bo`shliqlar bo`lishi mumkin, lekin ma`lum bo`shliqlarga yo`l qo`yilmaydi; masalan val ( 123,k,i) muvaffaqiyatli o`tadi: K 123 qiymatni qabul qiladi va i ga 0 joylashtiradi, val (123 ,k,i) esa xato, deb topiladi: K ning qiymati o`zgarmaydi, i esa 4 ga ega bo`ladi.
UPSASE (CH) – CHAR turidagi funktsiya, agar SN simvol ifoda kichik lotin harfini ifodalasa, funktsiya mos bosh harfni qaytaradi; agar SN qiymati ixtiyoriy boshqa simvol bo`lsa (shu jumladan kirilcha kichik harf), funktsiya uni o`zgarishsiz qaytaradi.
9.2. Yozuvlar
Yozuv - bu yozuv maydonlari deb ataluvchi belgilangan sondagi a`zolardan iborat ma`lumotlar tasnifidir. Massivdan farq qilib, yozuv a`zolari (maydonlari) har xil turli bo`lishi mumkin. YOzuvning u, yoki bu a`zosiga murojaat qila olish mumkin bo`lishi uchun maydonlar nomlanadi.
Yozuvlar turini e`lon qilish tasnifi quyidagicha:
= RECORD END
bu erda: - to`g`ri identifikator;
RECORD, END – rezerv so`zlar (yozuv, oxiri)
- oralarida nuqtali vergul qo`yilgan yozuv bo`limlari ketma-ketligini ifodalovchi maydonlar ro`yxati.
Yozuvning har bir bo`limi bir-biridan vergul bilan ajratilgan bir yoki bir nechta maydon identifikatoridan iborat. Identifikator (identifikatorlar)dan keyin ikki nuqta qo`yiladi va maydon (maydonlar) turi bayoni yoziladi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |