Shodlik” nomli 526-bog`cha maktab majmuasi


Guruh: Tayyorlov Tarbiyachi



Download 312 Kb.
bet3/5
Sana26.10.2019
Hajmi312 Kb.
#24348
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЙИЛЛИК Сценарийлар


Guruh: Tayyorlov
Tarbiyachi: Ergasheva M.

Toshkent.

Navoiyxonlik kechasi”
Assalomu alaykum aziz mehmonlar biz sizlar bilan bu yerga yig`ilishimizdan sabab buyuk siymolarni yod etishdir.

Mustaqil O`zbekistonimizda bobokalonimiz A.Navoiyning 571 yilligi nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bolalari “Navoiyxonlik kechasi” ni tayyorlab kelishgan. Marhamat tomosha qiling.

Mumtoz kuy ostida Husayn Boyqaro va vazir janoblari kirib keladi.

Vazir: Bir qoshiq qonimdan keching, ne bo`ldi shoxim, nechun g`amginsiz?

Husayn Boyqaro: Ko`nglim nenidir istaydur, lekin bilmaydurmen.

Vazir: Menda bir fikr bor. Agar ruxsat bersangiz saroy ahlini chaqirtirsak.

Bolalar musiqa ostida kirib kelishadi.

Vazir: Sizlarni yig`ishimdan maqsad shoximizning ko`ngli nimadir istamoqda, lekin ko`ngillariga yo`l topa olmayapmiz. Kimda kim shoximizni xushnud qila olsalar shohimiz ul kishini taqdirlaydilar.
Vazir: Vazir janoblari menda bir she`r bor.
Vazir: Qani eshitaylik.
Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyo

Hammasiga yer osti guvoh

Lekin do`stlar she`r ahli aro

Jahongiri kam bo`lar rosti

Besh asrki nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir she`r

Temur tig`i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher

Dunyo bo`ldi chamanim manim

O`zbekiston Vatanim manim.


Vazir: Vaziri olam menda bir taklif bor.

Vazir: Qani –qani qanaqa taklif ekan?

Vazir: Hozir bir daqiqa. Men shoximizga dunyodagi eng chiroyli gullarni keltirdim.
Shox yuzini o`girib oladi.

Vazir: Sovg`angiz shoximizga yoqmadi.


Shu payt vazirlar, saroy a`yonlari bir-birlari bilan shivirlashib maslahatlashadilar.
Vazir: Shoxim do`stingiz Mir Alisher tashrif buyurdilar.

Keling-keling Mir Alisher. Men shoximizga xushbo`y nonlardan keltirdim.


Shoh: Barakallo, ofarin, oh-oh!
Shoh o`rnidan turib: Non isidek xushbo`y hid bu dunyoda yo`qdir. Bu ne`matdan keeling, sizlar ham tatib ko`ringlar.
Bosh: Shunday qilib Mir Alisherning sovg`asi shohimizga manzur bo`ldi. Bolajonlar, shunday qilib mehmonlarimizga Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha ma`lumot berib o`tsak.
Alisher Navoiy buyuk mutafakkir, shoir, olim, davlat arbobi bo`lgan, u 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan. Otasi G`iyosiddin Kichkina, onasi esa Amirzodaning qizi bo`lgan.

Yosh Alisher 9 yoshidanoq she`rlar yoza boshlagan, Farididdin Attorning “Qush tili” asarini yod olgan Navoiy o`z asarlariad insonlarni yaxshilikka, halol mehnat qilishga, Vatanni sevishga chaqiradi.


Alisher Navoiy 60 yil umr ko`rdi. Ammo nihoyatda ko`p kitoblar yozishga ulgurdi. Uning eng yirik asarlaridan biri “Xamsa” dostonidir.
“Xamsa” dostoni 5 asarni o`z ichiga oladi.


  1. “Hayrat-ul abror”

  2. “Farhod va Shirin”

  3. “Layli va Majnun”

  4. “Sabbai sayyor”

  5. “Saddi Iskandariy”

Bosh: Aziz bolajonlar Alisher Navoiy bobomiz haqida qisqacha bo`lsada ma`lumot berib o`tdingiz. Ana endi Navoiy bobomiz haqidagi she`rlardan eshitamiz.




Hirot tuprog`ida voyaga yetgan

Qush tili so`zlarin munavvar etgan

Yillar to`zonidan sog`-omon o`tgan

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.




“Xamsa” si ko`ngilni shamdek yoritgan

Tilimizni ko`rkam boy etgan.

Mag`ribu mashriq ham iftixor etgan

Alisher bobomlar buyuk odamlar.



Mir Alisher otam zabondir

Umri boqiy omon-omondir

G`azallari fidoyi jondir.

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.
Raqs: Qizlar ijrosida
Bosh: Alisherning onasi bilan muloqoti.


Bilmam qanday ayol bo`lgan

Alisherning onasi

Balki uning aqliga ham

Lol qolgan zamonasi

Balki uning ko`zlarida

Bo`lgan og`ir bir hayol

Balki g`amgin bir zotdir u

Balki sho`xchan bir ayol.



Balki buyuk farzandiga

Terib kelgan chechaklar

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar

Mayliga u kim bo`lmasin

Yolg`iz bir so`z ma`nosi

Alisherning onasi u

Navoiyning onasi.


Alisherning onasi: Mir Alisher o`g`lim qo`lingdagi qanday kitob?

Alisher: Payg`ambarimizning hadis kitoblari onajon! Hadislardan yod olgan edim, o`qib beraymi?

Alisherning onasi: Qani o`g`lim eshitaylik.

Alisher: “Oralaringizda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo`lsin. Salomdan oldin gap boshlamanglar. Mo`minning afzali xulqi yaxshirog`idir” – degan ekanlar.

Alisherning onasi: Barakallo Mir Alisher Payg`ambarimizhadislarin doim yodda tutgin.

Ikkalasi chiqib ketishadi.
Bosh: Endi Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan eshitamiz.


Odam borki odamlarning naqshidir

Odam borki hayvon undan yaxshidir.




Olamdan g`amsiz o`tay desang

Ilmu hunar o`rgan.




Odami ersang demagil odami

Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.




Hunarni asrabon netgumdir axir

Olib tuproqqami ketgumdir axir.



Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila

Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Turk nazmida chu men tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.


Bosh: Ana endi navbatni sahna ko`rinishiga beramiz.
Vazir: Choy iching, shoxim.
Shoh: Rahmat
Vazir: Mirshablar davraga raqqoslarni taklif qiling shohimiz bir oz hordiq chiqarsinlar.

Raqs: “Arabcha”


Shoh: Bo`ldi bas, yetar ko`nglim kimnidir istayapti.
Vazir: Do`stingiz Mir Alisherni huzuringizga chorlay-mi shohim?
Shoh: O`zlari qayerdalar?
Vazir: Navoiy do`stingiz bog`dalar.
Shoh: Qani Vazir janoblari do`stim Alisherni huzurimga chorlang.
Vazir chiqib ketadi.
Shoh choy ichib kitob varaqlab o`qib turadi.
Davraga Alisher va Vazir kirib keladi.
Alisher: Assalomu alalkum shohim.
Shoh: Keling, keling vaalaykum assalom, xush ko`rdik.

Nechun do`stim shoirlar majlisida ko`rinmay qoldingiz desam bog`bonlik qilayotirsizmi?


Alisher: -“Ko`klam kelsa ko`chat ek” – degan ekan mashoyixlar. Bog`imizdagi qurigan olma daraxtlari o`rniga yangi yong`oq ko`chatlarini ekadurmen.
Shoh: -Ey do`stim, sizga bog` qilishning ne hojati bor? Axir bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon yeysiz. Keksalik gashtini shu bog`dagi soya-salqinda g`azal bitib o`tirsangiz bo`lmaydirmu?
Alisher: “Yaxshidan bog` qoladi” degan naqlni eshitmaganmisiz do`stim? Men bu ko`chatlarni o`zim uchun emas, bizdan keyingi avlodlar ham mevasidan bahramand bo`lishini istaydurmen. Bu bog` Alisherdan qolgan desalar qanday yaxshi.
Shoh: Ofarin! Do`stim saxovatingizga qoyil qoldim. Mana buni olib qo`ying.

(Sandiqchadan olib beradi)


Alisher: Ana ko`rdingizmi, ekayotgan ko`chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
Shoh: Hozirjavobligingizga qoyilman, ofarin yuring do`stim bog`ingizga.

(Chiqib ketadi)


Bosh: Navbat endi Navoiy bobomiz g`azallari va ruboiylariga.


Jondin seni ko`p sevarman ey umri aziz

Sondin seni ko`p sevarman ey umri aziz

Har neni sevmoq sendin ortiq bo`lmas

Ondin seni ko`p sevarmen ey umri aziz.




Ham so`z ila elga o`limdan najot

Ham so`z ila topib o`likdan hayot

Ganch berib bo`lmas ekan tutsa ko`z

Ulga qilur vaqtida bir yaxshi so`z.




G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish

Oltin qafas ichra qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshyon bo`lmas emish




Boshni fido ayla ato qoshig`a

Jismni qil sadqa ano boshig`a

Ikki jahoningga qilarsan fazo

Hosil et ushbu ikkisin rizo.




Tunu-kuning aylagin nurafshon

Birisin oy angla birisin quyosh

So`zlaridan qo`yma qadam tashqari

Hadlaridan qo`yma qadam tashqari




Turk nazmida gulin tortib alam

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.




Mana shu bilan “Navoiyxonlik kecha”miz ham o`z nihoyasiga etdi.E`tiboringiz uchun rahmat.



Toshkent shahar Chilonzor tumani

XTMFMT va TEB ga qarashli

SHODLIK” nomli



526-maktabgacha ta`lim muassasasi


Guruh:_O`rta_Tarbiyachi'>Guruh: O`rta
Tarbiyachi: Axmedova M.
Toshkent.
Bolalar bayramona kiyingan musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi.


O`zbek eliga odat

Avvalo bermoq salom.

Shuning uchun biz sizga

Deymiz salom, assalom.



Assalom otajonlar

Assalom onajonlar

Salomini yo`llaydi

Sizlarga bolajonlar.


Bosh: Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolajonlar. Sizlarni bugungu bayram bilan tabriklayman. Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bayram ertaligi tayyorlashgan marhamat tomosha qiling.




Onajonim mehribonim

Gul tutay qo`llaringizga

Xursand bo`lib yuring doim

Nur bo`lsin dilingizda.



Bahor kelsa shoxlarda

Bulbullar nay chaladi.

Ona soz olsa qo`liga

Ajib kuy taraladi.


Ashula: “Onajonlar bayrami”




Esar bahol shamoli

Tiniq bo`lsin deb quyosh

Tinmas ona qo`llari

Tinch bo`lsin deb keng jahon.



Zumrad bahor quyoshi

Yashnatar chechaklarni

Aziz ona qo`llari

Ulg`aytirar go`daklarni.


Raqs: “O`g`il bolalar”


Zalga Sichqoncha yig`lab kirib keladi, oldidan Qurbaqa sakrab-sakrab kirib keladi.
Qurbaqa: Senga nima bo`ldi sichqoncha?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Qurbaqa: Yur mening oyimni oldiga.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.
Qurbaqa: Yur bo`lmasa oyingni qidiramiz.
Musiqa ostida Sichqoncha va Qurbaqa yo`lga tushadilar. Oldilaridan quyoncha chiqadi.
Quyoncha: Sizlar qayerga ketyapsizlar?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Quyoncha: Voy, yur mening uyimga, oyim senga sabzi beradilar.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.
Quyoncha: Yur bo`lmasa oyingni qidiramiz.
Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa va Quyoncha yo`lga tushadilar. Oldilaridan Ayiqpolvon chiqadi.
Ayiqpolvon: Qayerga ketyapsizlar?
Sichqoncha: Oyimni yo`qotib qo`ydim.
Ayiqpolvon: Oyingni? Voy, yomon bo`libdiku. Yur mening oyimni oldiga boramiz.
Sichqoncha: Yo`q o`zimni oyim yaxshilar.

Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa, Quyoncha, Ayiqpolvon yo`lga tushadilar. Oldilaridan Mushuk chiqadi.


Mushuk: Hammangiz nima uchun shovqin qilib yuribsizlar, meni shirin uyqumdan uyg`otdingiz.
Sichqoncha: Men oyimni yo`qotib qo`ydim.
Mushuk: Oyingni yo`qotgan bo`lsang juda soz, mening juda qornim och.
Ayiqpolvon: Biz hammamiz do`stmiz, senga Sichqonchani berib qo`ymaymiz. Uni oyisini topishga yordam beramiz.
Mushuk: Kelinglar, ko`p tortishmanglar. Uni onasi balki mening qornimdadir! Uni yesam oyisini oldiga boradi, tamom.
Qurbaqa: Yo`q, biz birga kurashamiz, bizni sen aldolmaysan.
Shu payt shovqindan Sichqonchaning onasi yugurib keladi.
Sichqoncha onasi: Bu yerda nima bo`lyapti?
Sichqoncha: Mana mening oyim, hammadan ham chiroyli, hammadan mehrli.
Sichqoncha onasi: Sizlarning hammangizga rahmat.
Musiqa ostida joylariga o`tirib oladilar.
Boshlovchi: Hammaning onasi chiroyli va mehrlidi. Sichqoncha o`z onasini topdi. Bayram davom etadi.

Raqs: “Tomchi”




Qo`shiq aytsam shodligidan

Bag`riga bosib

Har-xil kiyim

Do`ppi tikar menga munosib.



Uyqum kelsa alla aytib

Turar boshimda

Kasal bo`lsam birga

Yurar qoshimda.


Ashula” Uxlab turdim”

Harakatli o`yin.


8-mart bugun

Onajonlar bayrami

Yo`llariga poyandoz

Dasta gullar boylami.




Onajonlar sizlarni

Bayram bilan qutlaymiz

Dasta-dasta gul tutib

Qo`lingizga tutamiz.



Raqs: “O`ynasam”





Sizlar borsiz dunyoda

Go`zal ko`rkam bu olam.

Tabriklaymiz chin dildan.

Onajonlar sizlarni.




Bahor-bahor, bahorjon

O`gil-qizmiz qaqajon.

Tabiatni uyg`otib

Kelishi xo`p yoqarjon.



Bosh: Mana shuning bilan bayram o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman. E`tiboringiz uchun rahmat.


Toshkent shahar Chilonzor tumani

XTMFMT va TEB ga qarashli

SHODLIK” nomli



526-maktabgacha ta`lim muassasasi


Guruh: Katta
Tarbiyachi: Miraliyeva D.

Toshkent


Balli qizlar” tanlov ertaligi.

Boshlovchilar:



  • Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Tabriklar sizni shu dam, shirinso`z bolajonlar! Biri gul, biri bulbul onajonlar assalom.

  • Assalomu alaykum nuroniy buvijonlar, mehribon onajonlar, hurmatli tarbiyachi opajonlar. Sizlarni bahor bayrami, xotin-qizlar kuni 8-mart bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

  • Sizlarga sog`lik, omonlik va baxt tilaymiz.

  • Aziz mehmonlar, sizlarni katta guruh bolajonlari bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaydi.

“Muqaddas ayol” musiqasi ostida bolalar zalga kirishadi.


Boshlovchi:

Keldi bahor, gul bahor

Erib bitdi oppoq qor

Uchib keldi qushlarjon

Daraxtlar taqdi marjon

Chuchmomalar yayrashar,

Sho`x bulbullar sayrashar,

Bizga shodlik keltirgan

Salom senga gulbahor.


  • Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Bugungi bayram bilan barchangizni chin dildan tabriklayman! Va barchangizni bugungi lobar, dilbar, epchil, chaqqon qizlarimizning bellashuviga taklif etaman. “Balli qizlar” tanlovini ochiq deb e`lon qilaman. Marhamat tomosha qiling.

  • Davraga tanlov ishtirokchilarini taklif etaman. Marhamat kutib oling! Mfna qizlarimiz ham joylarini egallashdi. Endi bugungi shartlar bilan tanishtiraman. Bugun qizlarimiz 4 ta shart bo`yicha bellashishadi:

I – shart: tanishtituv ( 3 daqiqa )

II – shart: paypaslab topish ( 3 daqiqa )

III – shart: salat tayyorlash ( 10 daqiqa )

IV – shart: raqs “Xorazm lazgisi”

Mana azizlar, qizlarimiz shu shartlar bo`yicha bellashishadi. Endi hay`at a`zolari bilan tanishtiraman.


Mehmon kelsa xush degan,

Gurux xona bo`sh degan.

Bog`chamizning bosh opasi

Isxakova Dilobar Maxamatjonovna

(Hay`at raisi)


Hurmatimiz dillarda

Ta`zimimiz tillarda.

Ohista qadam tashlagan

Yaxshilikka boshlagan

Shermatova Sohiba Isoyevna.

(Hay`at a`zosi)










Sizga ta`zim qilgan payg`ambarlar ham

Tunlar ko`zingizdan qochganda uyqu.

Qalbi quyosh desam bu ham juda kam

Tomchi ko`z yoshlari quyoshga ko`zgu,

Axmedova Muxarram Jo`rabekovna.

(Hay`at a`zosi)



Zaminday vazminsiz bag`ri to`la nur,

Besamar ketmagay chekkaningiz g`am.

Axir siz emasmi, tog`day zalvorli

Tozalikning ulug` sarvari

Abdurayimova Muqaddam Rasulovna

(Hay`at a`zosi)


Boshlovchi:



  • Mana azizlar Hay`at a`zolari bilan ham tanishib oldik. Qizlarimiz I shartga tayyorgarlik ko`rgunlariga qadar “O`zbekiston yoshlari” deb nomlangan juftlik raqsini tomosha qilamiz.

Raqs: “Juftlik”

Boshlovchi:

I shart:

1-raqamdagi qizimiz Moxiraxon

1-raqamdagi qizimiz Muqaddasxon

1-raqamdagi qizimiz Xanifaxon

1-raqamdagi qizimiz Zamiraxon

1-raqamdagi qizimiz Diyoraxon marhamat davraga.


Hay`at a`zolari I shartni baholagunlariga qadar bahor haqida she`rlarga navbatni beramiz.


Bahor keldi, gul bahor

Etagiga gul tutib

Bizga lolazor intiq,

Qirlar bag`rida kutib



Atrof to`la xar xil gul,

Chuchmoma-yu binafsha,

Bizning ko`klamdir butkul

Chiroylidir hamisha.


Qo`llarda sozi bilan

Gul-g`uncha parvoz bilan

Uchib turna g`oz bilan

O`lkamga bahor keldi.
Boshlovchi:

I shart bo`yicha ballarni e`lon qilish uchun navbatni hay`at a`zolariga beramiz. Marhamat. Endi qizlarimiz II shartga tayyorlangunlariga qadar navbatni ashulaga beramiz.


Ashula: “Onajonlar assalom”
Boshlovchi:

II shart bo`yicha qizlarimizni davraga taklif qilaman. Marhamat qizlar.

II shart. “Paypaslab topish”

Hay`at a`zolari II shartni baholagunlariga qadar o`g`il bolalar ijrosida “O`zbekiston o`glonlari” raqsini tomosha qilamiz.

Raqs: “O`zbegim o`glonlari”

Boshlovchi:

II shart bo`yicha qizlarimizni olgan baholarini e`lon qilish uchun hay`at a`zolariga so`z navbatini beramiz.

Boshlovchi:

Endi davraga qizlarimizni onalari bilan davraga taklif qilaman, III shart onajonlari bilan birgalikda bajariladi. Qani onajonlar va qizlar.

III shart “Salat” tayyorlash

Qizlarimiz III shartni bajarishguncha navbatni onalarimiz haqidagi she`rlarga beramiz.


Erta saharlab turgan

Savatlarni to`ldirgan

Nonlarni yopib bergan

O`pay onam qo`llarin.




Mehrla silar boshim,

Boshimdagi quyoshim.

Tayyordir har kun oshim,

O`pay onam qo`llarin.



Qalbidan mehr bergan,

So`zlar gavharin tergan

Jonidan ortiq ko`rgan

O`pay onam qo`llarin.



Mehnatsevar qadoq qo`l,

Onam yursa oydin yo`l.

Qadamlari rizqu mo`l

O`pay onam qo`llarin.



Boshlovchi:

III shartni baholashguncha navbatni “Bahorjon” ashulasiga beramiz.
Ashula: “Bahorjon”

Boshlovchi:

III shart bo`yicha qizlarimizni olgan ballarini e`lon qilish uchun navbatni hay`at a`zolariga beramiz. Marhamat.
Boshlovchi:

Endi qizlarimiz IV shartga tayyorgarlik ko`rishguncha navbatni kichik bir reklamaga beramiz.


Reklama: “Taylol hot”

  • Onam bugun meni o`pib qo`ymadilar, mendan xafamikinlar?

  • Oyisi aksa uradi.

  • Ha, bildim, onam shamollab qolgan ekanlar, shuning uchun o`pib qo`ymabdilar.

  • Onajon mana sizga “Taylol hot” ichib oling, tuzalasiz.

  • (Oyisi dorini ichin tuzaladi) Bolalarini o`pib qo`ydi.

IV shart: “Xorazmcha raqs”

Boshlovchi:

IV shartni hay`at a`zolari baholagunga qadar navbatni she`rlarga beramiz.




Bayramingiz muborak

Ko`zi shahlo onalar

Mehnatdan iqbol topgan

So`zlari durdonalar.




Bugun bayram tantana

Qalblarimiz beg`ubor.

Hayotimiz xushchaqchaq

Sepin yoyar gulbahor.




Har mehribon onani

E`zozlaylik ardoqlab

Axir ona bizlarga

Hayot bergan quchoqlab.



Biz bahorda chiqamiz

Dalalarga bog`larga,

Gullolalar ochilgan

Ko`m-ko`k maysazorlarga.


Boshlovchi:

IV shart bo`yicha qizlarimizni olgan ballarini e`lon qilish uchun Hay`at a`zolariga so`z navbatini beraman.
Ashula: “Onajonim”

Boshlovchi:

Endi navbatni MTM mudirasi D.M.Isxakovaga beramiz. Umumiy qizlarimiz to`plagan ballarni e`lon qiladilar. Marhamat.
Boshlovchi:

Ona bosh qo`ygan yostig`iga

Farishtalar sajda qilarkan.

Onam qadam qo`ygan dargohga

Avliyolar chiroq yoqarkan.

Ona aytgan munis alladan

Shoir ahli she`rlar to`qirkan.

Ona uchun oy tunda yog`du,

Quyosh kunduz nurin to`karkan.
Mana aziz mehmonlar! Nuroniy onaxonlar, hamkasabalar, bahorning erka bayramiga atalgan “Balli qizlar” ko`rik-tanlovi o`z nihoyasiga yetdi. 5 ta bilimdon, chaqqon hamda zukko qizlarimiz bellashishdi. Kelajakda dunyodagi barcha qizlarga, onalariga, jamiki ayol zotiga sog`lik, omonlik, sabr-toqat, matonat tilab, bugungi tadbirimizga yakun yasaymiz, e`tiboringiz uchun rahmat.

“Bolalarning onalari” musiqasi ostida zalni aylanib chiqib ketishadi.



Народное образование Чиланзарского Района объединение и Организации методическое учреждение

Имя “ШОДЛИК”

526- дет-сад





Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish