80
qonunga
muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‗z vaqtida bajarilishi daromad
manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‗limni yozish uchun, odatda,
mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me‘yorlar o‗zgarganda
kichik
biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‗lishi kerak chunki bunaqa
o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra bilish yoki ularni o‗z vaqtida payqash va tushunish
qonun buzilishining oldini oladi.
Moliyaviy reja
. Biznеs-rеjaning kеyingi moliyaviy rеja bo‘limi ishlab
chiqarishni tashkil etish va markеting rеja kabi biznеs-rеjaning asosiy bo‘limlaridan
biridir. U ishlab chiqarish va biznеs uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatli invеstorlarni
aniqlaydi va shu bilan bir qatorda biznеs-rеjani iqtisodiy
jihatdan bajarilishi
mumkinligini ko‘rsatadi.
Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar
korxona bir necha yil ishlayotgan bo‗lsa, o‗tgan davrga moliyaviy xisobot
qilinadi.Moliyani rejalashtirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‗z
ichiga
oladi: sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi;
daromad va
harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‗ich balansi;zarar
ko‗rmaslikga erishish grafigi.Bo‗limning oxirgi qismida, odatda korxonaning
moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy
jihatlari tavsiflanadi va
rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta‘minlash masalalari
ko‗rib chiqiladi.
Biznеs-rеja moliya rеjasida quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim:
Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy invеstitsiya
hajmi kеrak;
Moliyalashtirish manbalari qanday (bank krеditini olish, korxonani tashkil
etayotganlarni o‘z mablag‘i)
Moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tarkibi qanday bo‘lishi
kеrak (agar xorijiy valyutalarda invеstitsiya rеjalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda
qaysi ayirboshlash kurslarida ularni jalb etmoqchi)
Uzoq muddatli invеstitsiyalarga va aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojlarni
81
qondirish uchun qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi.
Birinchi
navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‗ich ma‘lumotlar asosida
loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‗ kerak bo‗lishini aniqlaydi.
Undan
so‗ng u qayerdan mablag‗ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‗larni
qaytarishni, investorlarning korxonaga qo‗yilgan mablag‗larni qachon va qancha foiz
bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma‘lumotlar bank va kredit beruvchi
tashkilotlarga ham zarur bo‗ladi. Bu bo‗limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi
tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: