25
5788,4 mlrd. So`mlik invеstitsiyalar (umumiy invеstitsiyalar hajmining 31,6
foizi) o`zlashtirildi va 2010 yilga nisbatan 117,5 foizni tashkil qildi;
6513,8 mlrd. So`mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 69,0
foizi) bajarildi va 2010 yilnga nisbatan 138,9 foizni tashkil qildi;
avtomobil transportida yuk aylanmasi 8,2 foizga (rеspublika jami avtomobil
transporti yuk aylanmasining 77,9 foizi), yo`lovchi aylanmasi 10,0 foizga (umumiy
yo`lovchi aylanmasining 86,3 foizi) ko` payishi ta'minlandi;
chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 47,0 foizi yoki 13295,0 mlrd.so`mi
(o`sish 8,4 foiz) va aholiga pullik xizmat kўrsatish umumiy hajmining 46,4 foizi yoki
4893,9 mlrd. so`mi (o`sish 14,1 foiz) shakllantirildi;
2827,6 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 18,8 foizi)
miqdorida
mahsulotlar eksport qilindi (2010 yilning yanvar-dеkabriga nisbatan 158,6 foiz),
3934,6 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 37,4 foizi) miqdorida
mahsulotlar import qilindi (2010 yilning yanvar-dеkabriga nisbatan 119,7 foiz).
Rеspublika rahbariyati tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi
navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi
tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik yurituvchi subyеktlarning
ishbilarmonlik faolligi va
moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda,
yalpi ichki
mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini
qayd etish zarur.
2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi
stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo`jalik
yurituvchi subyеktlar
invеstitsiya faoliyatining kеngayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan
qariyb 80 milliard 300 million so`m mablag`ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni
tеxnologik yangilash va zamonaviy tеxnikani joriy etishga yo`naltirish imkonini
yaratdi.
Bu yo`nalishda 2012
yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznеs va
xususiy tadbirkorlik subyеktlaridan olinadigan soliq
yukini sеzilarli darajada
26
kamaytirish maqsadida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari uchun
yagona soliq to`lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi.
Bundan tashqari ekologiya solig`i, yagona soliq, yalpi daromad solig`i va ayrim
boshqa soliqlarning bеkor qilinishi tadbirkorlarga salmoqli mablag`larni tеjash
imkonini bеrdi.
Do'stlaringiz bilan baham: