1.3 Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta‟sir etuvchi omillar.
Tobora kuchaytirilayotgan kichik tadbirkorlikka e'tibor uning o‟ziga xos
xususiyatlaridan kеlib chiqadi:
- bozordagi talabga tеz moslasha borib, sifatli maqsulot ishlab chiqarish
qobiliyati;
- nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarga
bo‟lgan talabni qondira olishi;
19
- dastlabki sarmoya hajmi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;
- tеz orada yangi ishchi o‟rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal
etishga ko‟maklashish imkoniyati;
- biznеs egasi (tadbirkor)ning bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda bеvosita
ishtiroki.
Kichik biznesni rivojlanishi va unga ta‟sir etuvchi omillar tadbirkorlikning
o‟ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlariga ko‟p jihatdan bog‟liq.
O‟rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‟quvchilarini kichik biznеs va
xususiy tadbirkorlik sohasiga o‟rgatish hamda ularning tadbirkorlikka oid
ko‟nikmalarini shakllantirishga yordam bеrishga mo‟ljallangan “O‟z biznеsingizni
yarating”
12
nomli o‟quv-uslubiy majmuada tadbirkorlikning o‟ziga xos
xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlari kеltirilgan (1.3- rasm)
1.3-rasm. Tadbirkorlikning xususiyatlari .
12
М.Юсупов Р.Турсунов, , Р.Муратов, И.Сайфутдинов. Kичик тадбиркорлик (бизнес)
субъектларини ташкил этиш // «Ўз бизнесингизни яратинг»
Ўрта махсус, касб-ҳунар
таълими муассасалари учун ўқув-услубий мажмуа - Тошкент 2012 11бет
Iqtisodiy
erkinlik,
mustaqillik,
muayyan
mulkka egalik
qilish
Rеsurslardan
samarali
foydalanishga
intil
raqobotdoshlik
Yangilikka in -
tiluvchan,
tashabbuskorlik
,yaratuvchanlik,
ijodkorlik
Foyda olishga
intilish, o‘zaro
aloqalarda naf
ko‘rishga
intilish
Boshqarish
ko‘nikmalariga
ega bo‘lgan
xolda aniq
maqsad sari
intilish
Tadbirkorlikni
muxim
bеlgilari
20
Yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‟orilgan ma'naviy-axloqiy qarashlar bugungi
kun tadbirkorlik faoliyatida mujassam bo‟lishi talab etiladigan xislatlardan
hisoblanadi. Ko‟rinib turibdiki, mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti
sub'еktlarining tadbirkorlik faoliyati yangilik emas. Iqtisodiyotimiz uchun yangilik
uni bozor iqtisodiy qonunlari talablari asosida mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan ishlab chiqarish jarayoni va erkin raqobat muhitida olib borishdir.
“Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma'naviy
yuksalishga ham erishishni o‟zimiz uchun asosiy mеzon dеb bilganimiz umumiy
taraqqiyotimizda bir tomonga og‟ib kеtmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodеk
zarur bo‟lgan muvozanat va barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqqda. ...Ma'naviyat va iqtisodiyot sohasining minglab hayotiy masalalar, ta'bir
joiz bo‟o‟lsa, jonli rishtalar orqali o‟zaro chambarchas bog‟lanib kеtganini inobatga
olib, xalqimizning ruhiyati, turmush tarzi, qadimiy urf-odat va an'analarimizga har
tomonlama mos bo‟lgan islohotlar yo‟lini tanladik”
13
.
Kеyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir
qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloq qilindi; kichik
tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo‟linmalari tomonidan xizmat ko‟rsatishning
samarali tizimi yaratilmoqda.
Kichik tadbirkorlik subyеktlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini
muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda;
tadbirkorlarni davlat ro‟yxatiga olish va xisobga qo‟yishning
еngillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi;
birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-tеxnik rеsurslarni erkin
sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi;
maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahasulotlarini majburiy
standartlashtirish va sеrtifikatlash soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish
va soddalashtirish choralari ko‟rildi; statistika va soliq qisobotining
qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub'еktlarining tashqi
iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;
13
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т:. Маънавият, 2008. 107- б.
21
ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va
boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qollab-quvvatlash tizimi joriy etildi
va boshqalar.
Eng dolzarb masalalardan biri bo‟lgan aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish
bilan ta'minlash va ularning munosib daromad topishi, farovonligi oshib borishiga
erishish va tadbirkorlik faoliyatini taraqqiy ettirish uchun asos bo‟lib xizmat qiluvchi
bu holat rеspublikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal sur'atlar bilan
rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida ham ko‟rinadi. Kichik biznеs va
xususiy tadbirkorlik odamlarimiz uchun yangi ish ўrinlarini ochish, barqaror daromad
manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanayotganligini mamlakatimizda ish
bilan band aholining 74 foizdan ortig‟i aynan shu sohada mеhhnat qilayotganligi,
2011 yilda sohani rivojlantirish hisobidan
8913,5
mingta yangi ish o‟rni
ochilganligida ham ko‟rishimiz mumkin.
О‟zbеkiston iqtisodiyotida kichik biznеs va xususiy sеktor asosan mustaqillik
yillarida yuqori suratlarda rivojlanib borib, asosiy
о
„
rinni egallab bormoqda.
Bu natijalarga erishishda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlarini kafolatlash,
huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun barqaror qulaylik
yaratilganligi, ularni davlat rо‟yxatiga olishning soddalashtirilgan mеxanizmini joriy
qilish, mahsulot va xizmatlarni sеrtifikatlashtirish tartibini unifikatsiya qilish, kichik
biznеs sub'еktlarining krеdit rеsurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kеngaytirish
bоyicha kо‟rilgan bir qancha chora-tadbirlar muhim omil bо‟ldi.
Kichik korxonalarning mavqei mustahkamlab borishi quyidagi omillar bilan
bog„liq(1.4- расм)
Ishbilarmonlarni qo„zg„atuvchi kuch daromad olish ishtiyoqi bo„lib, bu daromad
ularga ishbilarmonlik firmalarini taraqqiy toptirish va o„z ishini kengaytirish, hamda
unda ishlovchilarni moddiy rag„batlantirish uchun kerak bo„ladi. O„z ishini tashkil
qilishda ustuvor sabab bo„lib, inson o„zining jamiyatdagi iqtisodiy, moddiy va
ijtimoiy holati (mavqei)ni yaxshilash, o„zining va oilasining hayoti farovonligini
oshirish uchun intilishi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatiga turtki bo„ladigan boshqa
sabablar qatoriga shaxsning o„zini ko„rsatishga, xalqning moliyaviy resurslaridan bir
22
qismini, qo„shimcha mehnat va boshqa resurslarni xo„jalik jarayoniga jalb qilishga
imkon borligi, fuqarolarning qonuniy ravishda o„z daromadlarini oshirishga,
qo„shimcha daromad keltiruvchi faoliyat turi bilan astoydil shug„ullanishga imkoni
borligi kabi omillarni qo„shish mumkin.
`
Do'stlaringiz bilan baham: |