Sho’ba: fizika, astronomiya va ekologiyani o’qitishda innovacion yondashuv oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida fizika kursini axborot kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanib o’qitish samaradorligi



Download 28,22 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi28,22 Kb.
#679644
  1   2   3
Bog'liq
Избастиев Азамат


Sho’ba: FIZIKA, ASTRONOMIYA VA EKOLOGIYANI O’QITISHDA INNOVACION YONDASHUV


Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida fizika kursini axborot kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanib o’qitish samaradorligi.


Izbastiyev A.M., Muratbaeva B.Y.


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiyani o’qitish metodikasi mutaxassisligi 4-bosqich talabalari.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’lim jarayonini tubdan yangilash va ta’lim tizimini tashkil etishni tubdan o’zgartirish, yangi ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim jaroyonida noan’anaviy, zamonaviy texnologiyalar ya’ni axborot kommunikaciya texnologiyalaridan foydalangan holda dars o’tish zamon talabidir. Lekin shunday bo’lishiga qaramasdan, o’tgan va hozirgi kungacha butun insoniyat hayotiga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasi bacha sohada ayniqsa, ta’lim tizimini ham yangi sharoitlarga tezda ko’nikishga va o‘zgacha tartib-qoidalar bo‘yicha ish olib borishga majbur qildi. Bu esa, o’z o’rnida ta’lim tizimida bir qancha muammolarni keltirib chiqardi:
Birinchidan, axborot kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish uchun o‘qituvchi va o’quvchilarda raqamli savodxonlikning yetarli emasligi;
Ikkinchidan, internet tezligining pastligi, mamlakatimizda internetga ulanish imkoniyatining kamligi hattoki, ba’zi bir hududlarda aholining aksariyat qismi uchun deyarli yo‘qligi;
Uchinchidan esa, aksar ta’lim oluvchilarda masofaviy o‘qish uchun texnik vositalarning mavjud emasligi.
Shubhasiz, bunday holat esa, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilmasdan qolmadi, texnik nosozliklar va boshqa faktorlar o‘quv jarayonida uzilishlarga olib keldi. Umuman olganda, mamlakatimizda aksariyat ta’lim muassasalarida darslarni masofaviy shaklda o‘tkazishga qisman tayyor edi. Lekin, shunday bo’lishiga qaramasdan mamlakatimiz ta’lim jarayoni uzluksiz davom ettirilib, har bir Oliy ta’lim muassasalari platformalarida Moodle tizimi shakllantirildi va qisqa vaqt oralig’ida bu tizimga barcha o‘quv dasturlari bo‘yicha elektron resurslari joylashtirildi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor favqulodda tashkil etilayotgan masofaviy ta’limni joriy qilishda o‘ziga xos muammolar va qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy hol. Ammo, shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning, yangi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, o’quvchi yoshlarning zamonaviy axborot kommunikaciya texnologiyalari vositasidagi interfaol ta’limga, xususan, online ta’limga, internetga qiziqishi va intilishlari katta bo’lganligi sabab, mamlakatimizda favqulodda pandemiya davri bo’lishiga qaramasdan, ta’lim jarayonidagi bu kabi muammolarni bartaraf qilish tez fursatlarda amalga oshirildi.
Bugungi davrda esa, innovacion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq holda dars jarayonlarini tashkil etishning tubdan yangi ko’rinishlari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanilayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida fizika laboratoriya xonalarida kuzatilishi qiyin bo’lgan fizik hodisalarni animaciyalar, elektron darsliklar, virtual tajribalar va taqdimotlar orqali ko’rgazmali tushuntirishdir. Bunday shaklda ishlangan fizika kursiga tegishli elektron vositalar ancha mavjud bo’lib, ular asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari uchun qo’llanilishi ko’rsatilgan. Ta’lim muassasalarida fizika darsligini o’qitish tizimiga axborot kommunikaciya texnologiyalarini ya’ni kompyuter texnologiyalarini qo’llash va ular asosida multimedia vositalaridan foydalanish quyidagi muhim natijalarga olib kelishi mumkin:

  • ta’lim-tarbiya tizimi aktivlashadi, dars samaradorligi oshadi;

  • o’quv darsliklarini turli ko’rinishlarda (ovoz, matn, grafika, video, animaciya) uzatilishi o’quvchilarining diqqatini o’ziga jalb qiladi;

  • yuqori darajadagi ko’rgazmalilik o’quvchida o’rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi;

  • o’quv materialining uzoq vaqtga xotirada saqlanishini ta’minlaydi;

  • o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko’payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;

  • laboratoriya xonalarida asbob-uskunalar yetarli bo’lmagan holda yaxshi samara beradi.

Axborot kommunikaciya texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o’quv jarayonlarida foydalanish o’zining samarasini beradi.

Download 28,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish