Maydon egri chizig’i (bazan batigrafik, ayrim hollarda gipsografik egri chiziq deb ham ataladi) kól chuqurligi bilan unga mos keladigan maydonlarni ózaro bog’laydi (9.2-rasm).
Foizli va nisbiy maydon egri chiziqlari bir-biridan farq qiladi.
Kóllarning maydon egri chizig’i chizmalaridan kóllarni órganish bilan bog’liq bólgan ilmiy va amaliy masalalarni hal etishda keng foydalaniladi. Masalan, kóllarning mediana va kvartil chuqurliklarini foizli maydon egri chiziqlaridan aniqlash mumkin.
Kól tubi nishabligi egri chizig’ini chizishda ordinata va abstsissa óqlarining musbat qismlariga mos ravishda nishablik va maydonlarning qiymatlari qóyiladi.
Hajm egri chizig’i kólning chuqurliklari bilan ularga mos keladigan hajmlar orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi. Uni chizishda ordinata óqiga chuqurliklar, abstsissa óqining musbat qismiga esa kól hajmi qiymatlari qóyiladi (9.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |