Shkastlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam ko’rsatish



Download 204,5 Kb.
bet2/5
Sana06.07.2022
Hajmi204,5 Kb.
#748563
1   2   3   4   5
rasm. Suyak sinishi turlari, immobilizatsiyani ta‘minlash vositalari va usullari.

Singan yoki chiqqan qo`l oyoqlarga taxtakach faner yoki karton qo`yib bog`lash tavsiya etiladi. Taxtakach ko`yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo`lishi, ikkinchi uchi esa oyoq tovonida bo`lishi kerak. Qovurg`a suyagi singanda yo`talganda, nafas olganda va harakatlanganda og`riq paydo bo`ladi. Bunday vaktda ko`krak nafas chiqarish vaqtida bint bilan qattiq qilib bog`lab qo`yiladi.


Lat yegan joyga sovuqlik qo`yib keyin artish, yod surtish yoki issiq kompress qo`yish taqiqlanadi. Chunki bular og`riqni kuchaytiradi. Pay cho`zilganda ham lat yeyishidagidek yordamlar ko`rsatiladi.
Boshning lat yeyishi natijasida miya chayqalishi, bosh suyagining sinishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Miya chayqalgan hollarda ko`pincha bosh og`rig`i, nafas siqilishi va ko`ngil aynishi holatlari ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va
og`izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu holatlarda jabrlanuvchi hushsiz holatda bo`ladi. Vrach kelishiga qadar lat yegan joyga sovuq, ya‘ni muz qo`yib sovuq holatda ushlash kerak.
Kuyganda birinchi yordam ko`rsatish
Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo`lishi mumkin. Ular og`irlik darajasiga ko`ra 4 darajaga bo`linadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda suv pufaklari hosil bo`ladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya‘ni sezish qobiliyatini yo`qotgan holda bo`ladi; 4-darajali kuyishda teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlanadi, qurib qoladi.
Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo`l tegizish, maz, yog`, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo`lgan pufaklarni yorish mumkin emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangan bog`ich bilan bog`lash kerak. Tana og`ir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o`rash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak.
Agar kuygan kishining puls urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valeryanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qo`yish kerak.
Ko`z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq bor kislotasi solib, sovuq holda ko`zga bosish kerak.
Kimyoviy kuyish oqibati ko`pincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta‘sir etish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam ko`rsatishda dastlab ushbu modda kontsentratsiyasini va ta‘sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta‘sir etgan joy 15-20 minut toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta‘sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, ishqor ta‘sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq bor kislotasi solingan eritma bilan bog`ich namlanib bog`lanishi kerak.
Qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish
Jarohatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qo`yish mumkin emas. Birinchi yordam ko`rsatuvchi shaxs dastlab qo`lni tozalab yuvishi yoki barmoqlarini yod bilan artishi kerak.
Yaraga material qo`yishda unga dastlab yod tomizish lozim. Yaraga qo`yiladigan materialdagi yod o`rni yaradan katta bo`lishi kerak. Yarani bog`lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur.
Qon ketishini bog`lab to`xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa qon oqayotgan joyni ta‘minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog`ich yoki tasma) bilan bog`lash lozim. Jgut bog`langan joyda puls urishi mavjud bo`lsa, u noto`g`ri bog`langan hisoblanadi. Bunday holda jgutni yechib olib, qaytadan qattiqroq qilib bog`lash kerak. Jgut bog`lashdan oldin bog`lanadigan joy yumshoq materiallar bilan o`ralishi lozim.
Bog`langan jgut 2 soatdan ortiq turmasligi zarur. Jgut bog`langandan so`ng 1 soat o`tgach, uni 10-15 minut sekin bo`shatish kerak. Bunday xolda yaraga qon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim.



    1. Download 204,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish