Hujjatlarning ko‘rinish rejimlari (Режимы отображения документов):
Ctrl+Alt+P – Разметка страницы rejimiga o‘tish (Print Layout);
Ctrl+Alt+N – Черновик (Обычный) rejimiga o‘tish (Normal Layout);
Ctrl+Alt+O – Структура rejimiga o‘tish;
Ctrl+F2 – Word hujjatini chop etishdan oldin dastlabki ko‘rib chiqish (Word 2003, 2007 dasturlarida ishlatiladi, 2010, 2013, 2016 versiyalarida Ctrl+P bilan bir xil funksiyani bajaradi, chunki bu versiyalardan boshlab Dastlabki ko‘rib chiqish va Chop etish sozlamalari oynalari birlashtirilgan).
Navigatsiya (Навигация) Belgilash va ko‘chish (siljish) (Выделение и перемещение):
← → – Chapga/O‘ngga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larga o‘tish;
Shift+← , Shift+→ – Chapga/O‘ngga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larni belgilagan holatda o‘tish;
↑ ↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larga o‘tish;
Shift+↑ , Shift+↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larni belgilagan holatda o‘tish;
Ctrl+← , Ctrl+→ – Chapga/O‘ngga qarab so‘zlar bo‘yicha o‘tish;
Ctrl+Shift+← , Ctrl+Shift+→ – Chapga/O‘ngga qarab so‘zlarni belgilagan holatda o‘tish;
Ctrl+↑ , Ctrl+↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida abzatslar bo‘yicha o‘tish;
Ctrl+Shift+↑ , Ctrl+Shift+↓ – Tepaga/Pastga qarab abzatslarni belgilagan holatda o‘tish;
Page Up (Pg Up), Page Down (Pg Dn) – Katta qadam bilan (bir ekranga) tepaga/pastga qarab o‘tish;
Shift+Page Up (Pg Up), Shift+Page Down (Pg Dn) – Katta qadam bilan (bir ekranga) tepaga/pastga qarab belgilagan holatda o‘tish;
Home, End – Satrning (Word, Excel va h.k.z.), sahifaning (Проводник oynasi, Brauzer dasturlari va h.k.z.) boshiga/oxiriga o‘tish;
Shift+Home, Shift+End – Satrning (Word, Excel va h.k.z.), sahifaning (Проводник oynasi, Brauzer dasturlari va h.k.z.) boshigacha/oxirigacha belgilash;
Ctrl+Home, Ctrl+End – Hujjatning boshiga/oxiriga o‘tish;
Ctrl+Shift+Home, Ctrl+Shift+End – Kursorning joriy holatidan turib hujjatning boshigacha/oxirigacha belgilash (hujjatni belgilashdagi ancha samarali usul);
Ctrl+Page Up (Pg Up), Ctrl+Page Down (Pg Dn) – Oldingi/Keyingi sahifaga (Word), лист’ga (Excel) tezkor o‘tish (bu ham ancha samarali usul hisoblanadi);
Alt+Page Up (Pg Up), Alt+Page Down (Pg Dn) – Jadvalning boshiga/oxiriga o‘tish;
Shift+F5 – Kursorning avvalgi joylashgan joyiga qaytish (ketma-ket bosganda oxirgi 4ta harakatni qaytaradi, ayniqsa hujjatda havola (ссылка)lar bo‘yicha o‘tishda samarali hisoblanadi).
Ctrl+A – Barcha obyektlarni belgilash (to‘liq matnni, barcha fayllarni, butun sahifani va h.k.z.) (Select All).
Do'stlaringiz bilan baham: |