Shisha va spool sanoat uchun materialdir Reja: shisha Sopol Korxonalar Shisha



Download 0,56 Mb.
bet4/4
Sana30.11.2022
Hajmi0,56 Mb.
#875305
1   2   3   4
Bog'liq
shisha va sopol sanoat uchun materialdir

EKOKERAMA
Bugun davlatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy mohiyati – mahalliylashtirish, raqobat, ish o‘rni, daromad. Har bir korxonani tashkil etishga shu nuqtai nazardan yondashilmoqda.
Farg‘ona tumanida ishga tushirilgan «Ekokerama» mas’uliyati cheklangan jamiyati ham shunday.
Bu yerga tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimiz foydali qazilmalarga boyligi, lekin ular asosida tayyorlanadigan materiallar katta miqdorda chetdan keltirilayotganiga e’tibor qaratdi.
Masalan, Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toshkent viloyatida kaolin, Qashqadaryoda dala shpati va Farg‘onada dolomit xomashyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.
- Shuncha imkoniyat bo‘la turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak bo‘lmaydimi? - deya haqli savol qo‘ydi Prezident. - Mamlakatimizning har bir qarich yeri, har bir boyligi aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak.

«Ekokerama» yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ya’ni, importning aksariyat qismi o‘rnini to‘ldiradi. Bundan tashqari, mintaqamiz davlatlarida 50 million dollarlik bozor bor. Korxona quvvatini oshirib, mahsulotlarning 60 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. 100 foiz mahalliy xomashyodan foydalanilishi hamda energiya tejovchi texnologiyalar qo‘llanilishi sababli «Ekokerama» mahsulotlari xorijiy muqobillariga nisbatan arzon bo‘ladi.


Korxonaning loyiha qiymati 15 million dollar. Jumladan, 11 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etilgan. Hozirda 500 kishi ish bilan ta’minlanib, test rejimida dastlabki buyumlar tayyorlangan.
Davlatimiz rahbari bu korxonani klasterga aylantirish, karerlar ajratib berib, kamida 30 yillik xomashyo zaxirasi bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Korxonaga mahsulotlarini sotishda ko‘maklashish, xususan, qurilish materiallari bozorlarida do‘konlarini tashkil etish, davlat tomonidan qurilayotgan ob’ektlarda bu santexnika buyumlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. O‘z navbatida, kompaniya rahbariyatiga mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, boshqa viloyatlarda ham shunday korxonalar ochib, yanada ko‘p yoshlarni ish bilan ta’minlash tavsiya qilindi.
Shu yerda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, yengil sanoatdagi proyektlar samarasida paxta tolasini qayta ishlash hajmi keskin oshadi. Joriy yil yakunida kalava ip qayta ishlash darajasi 56 foizga, kelgusi yili 71 foizga yetadi. Ilgari viloyatda jami 80 million dollarlik paxta tolasi oddiy xomashyo sifatida sotilgan bo‘lsa, bu yil qariyb 314 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi. Bu ko‘rsatkichni 2021 yilda 540 millionga, kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish