Relefi va foydali qazilmalari
Geologik taraqqiyot protsessida Shimoliy Amerikaning yirik tektonik oblastlari: Kanada qalqoni va plitasini o`z ichiga olgan Shimoliy Amerika platformasi, paleozoy (kaledon va gersin) burmali ukturalari, epigersin platformalar, Kordilyeraning mezokaynozoy burmali strukturalari tarkib topgan. Kordilyeraning eng yosh tizlari va vodiylaridan tashqari, ana shu strukturalar bilan birga paydo bo`lgan relyef shakllari yo`q bo`lib ketgan. Bunday shakllar yer po`stining keyingi harakatlari, denudatsiya protsesslari va cho`kindi to`planishi natijasida kuchli o`zgargan. Shunga qaramasdan, bu oblastlardan har birining tektonik negizining o`ziga xos xususiyati hozirgi relyef taraqqiyotining o`ziga xos yo`llarini belgilab bergan. Shuning uchun tektonik oblastlar morfostruktura rayonlarning eng yirik kategoriyalari bo`lib, gipsometrik kartada yaqqol ko`rinib turadi.
Asosiy qismi
Kordilyera tog`lari
Yuqorida aytilgani kabi, Shimoliy Amerikaning g`arbiy qismida tog` paydo qilish protsesslari quyi paleozoydayoq ro`y bergan, biroq Appalachi tog`laridan farq qilib, qadimgi burmali strukturalar deyarli qolmagan. Shimoli – g`arbdan janubi – sharqqa cho`zilgan asosiy morfostrukturalar mezozoy oxirida va kaynozoy boshlarida paydo bo`lgan hamda kuchli ichki va tashqi protsesslar ta`sirida murakkablashib, bir necha bor o`z shaklini o`zgartirgan.
Tog` sistemasining sharqiy mintaqasi larami davridagi (larami mintaqasi–X) kuchli tektonik protsesslar zonasining sharqyy qismiga to`g`ri keladi. Bu protsesslar geosinklinal zonani ham va Shimoliy Amerika platformasining tevarak – atrofdagi qismlarini ham qamrab olgan. Bu tog` mintaqasi Alyaskadagi balandligi 3000 m gacha yetadigan Bruks tizmasidan (X1), Kanadadagi balandligi 2500 m gacha bo`lgan Makenzi tog`laridan (X2) va 4399 m ga yetadigan (Elbert tog`i) Qoyali tog`lardan (X3) iborat.
Tog` paydo qilish protsessi ko`p jihatdan platforma sharoitida ro`y berganidan burmali – palaxsali tizmalar struktura va relyefning eng xarakterli tipi hisoblanadi. Burmalanmagan joylar balandligi 1500 – 1600 m atrofidagi platolardan iborat bo`lib, sharqda Buyuk tekisliklar bilan qo`shilib ketadi.
Tizmalarning tepalarida qadimgi va hozirgi muzlar tufayli vu-judga kelgan muzlik relyef shakllari ko`p uchraydi. Iyellouston davlat parki atroflarida postvulkanik hodiyealar, jumladan juda kuchli geyzerlar uchraydi.
Qoyali tog`lar janubda Sharqiy Syerra – Madre (X4) baland mas-snvlari sifatida davom etadi.
Bundan g`arbdagi yana bir orografiya mintaqasi nevadiy burmali strukturalari taraqqiy etgan zonaning sharqiy qismida va larami burmalari zonasining g`arbiy qismida bo`lib, o`rtacha balandlikdadir. Bu mintaqa g`arb va sharqdan tog` tizmalari bilan o`ralgan. Bu esa iqlimning xiyla kontinental bo`lishiga olib kelgan. Iqlimning kontinentalligi natijasidaesa denudatsiya kuchayib, yer yuzasini tekislab yuborgan. Bu – ichki yassi tog`liklar va platolar mintaqasidir (XI). Bu mintaqa ichki Freyzer (XI2) platolariga, Kolumbiya platosiga o`tadigan Yukon yassi tog`ligi (XI1), Katta Havza tog`ligi (XI4), Kolopado platosi (XI5), Meksika tog`ligining ichki qismi (X16) dan iborat.
Bu zona uchun ko`tarilgan yoki cho`kkan va balandligi 4000 m gacha bo`lgan ko`pdan – ko`p gorstli tizmalar (Katta Havzada) va akkumulyativ relyef shakllariga ega bo`lgan kotlovinalar strukturalari xarakterlidir. Ajal vodiysi eng chuqur depressiyadir (absolyut chuqurligi – 85 m). Freyzer ,va Kolumbiya platolarida, shuningdek, Kolorado plato-1ing chekka qismida vulkan qoplamlari keng tarqalgan. Bu zona yuzasiiing shakllari daryolar va oqar suvlarning faoliyati bilan bog`liqdir.
Shimolda, Yukon yassi tog`ligida, yirik daryo sistemalari bo`lgan joylarda, tektonik jihadan cho`kkan uchastkalar daryo oqiziqlaridan iborat keng akkumulyativ pasttekisliklardir. Daryolar territoriya ko`tarilmasdan oldinvujudga kelgan va daryolar eroziyasi yetarli darajada kuchli bo`lgan joylarda chuqur vodiylar va hatto nihoyatda chuqur za uzun kan`onlar vujudga kelgan. Bunday kan`onlar ayniqsa Freyzer,
Foydali qazilmalari
Shimoliy Amerikada toshko`mir va qo`ng`ir kumir, pyx va molibden juda ko`p. Mis, kobalt, titan, vanadiy zapaslari ham anchagina. Neft, temir va nikel zapaslari ham yetarli darajada katta, lekin bu foydali qazilmalar sohasida Shimoliy Amerika boshqa materiklardan ancha orqada turadi. Materikda marganets, xrom, alyuminiy va qalay nisbatan kam.
Kanada qalqoni Shimoliy Amerikaning asosiy metallogenik provinsiyalaridan biridir. Kanada qalqoni bag`rida temir, nikel mis, oltin, kumush, uran, molibden va boshqa metallarning yirik konlari bor. Yuqori ko`l atroflarida va Labrador yarim orolida temir rudasining katta konlari ochilgan. Bu rayonlarning rudalari metamorfik yo`l bilan vujudga kelgan bo`lib, kembriydan oldingi cho`kindi jins qatlamlari orasida uchraydi. Bu rudalar tarkibida taxminan 50-55% temir bo`lgan gematitdir. Yuqori ko`l atroflaridagi eng boy konlar zapasi kamayib qolgan. Shuning uchun tarkibida 27% atrofida temir bo`lgan temirli kvarsitlar qazib chiqarilmoqda.
Nikel odatda mis bilan birga uchraydi. Sadberi yaqinidagi kon butun dunyoga mashhur. Bu yerdagi sinklinal shakldagi arxey gneyslari, kristalli slanetslari, ohaktoshlari, proterozoy kvarsitlari va boshqa jinslarni ultra asosiy magmaning qalin intruziyasi yorib chiqqan. Maydoni 1500 km2 atrofidagi rudali territoriya intruzivning quyi qismidadir. Bu yerda shirrotin, xalkopirit va piritning yirik tomirlari va linzalari paydo bo`lgan. Bu rudalarda mis, nikel, kobalt, platina, oltin, kumush bor. Xuddi shu tipdagi kon Grenvill ko`li yaqinida, Kanadaning Manitoba provinsiyasining shimolida qazib olinayotir. Bundan tashqari, qalqon territoriyasida mis, asosai kolchedan tipidagi mis konlari anchagina bor (Flinflon, Noranda va boshqalar). Mis bilan birga ko`pincha kumush va oltin qazib chiqariladi. Oltin muhim sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan miqdorda ko`pgina joylarda uchraydi. Oltinli miiyerallarning ko`pchiligi genetik jihatdan granitoidlar bilan bog`liqdir
Kanada qalqoni uran rudasi konlari bilan mashhur (Katta Ayiqli ko`l va Guron ko`li yaqinida ayniqsa katta konlar bor).
Shimoliy Amerika platformasi plitalarida, qalqondai farq qi-lib, asosan mineral xom ashyoning yoqilg`i – energetika boyliklari ko`p. Ko`mir, neft va tabiiy gazning eng katta bir qancha konlari ana shu strukturalardadir.
Ko`mir konlari Markaziy va Buyuk tekisliklardagi ikkita asosiy provinsiyada ma`lum. Ulardan birinchisida territoriyaning katta qis-midagi toshko`mir davri ohaktoshlari va slanetslari orasidagi bitumli ko`mirlarning kattagina zapaslari bor. Ikkinchi provinsiyada eng yirik konlar AQSH bilan Kanada chegarasi yaqinidadir. Ayrim kon dala-lari har ikkala davlat territoriyasida, Qoyali tog`lar etaklari bo`ylab tor polosa shaklida cho`zilib yotadi. Konlar uchlamchi va bo`r davrlari-ning jinslari orasida uchraydi. Bular asosan, qo`ng`ir kumir yoki lig-nitdir. Kanada territoriyasida kumir konlari orasida bitumli kumir ham uchraydi.
Buyuk tekisliklarning janubi – sharqiy qismida dunyodagi eng katta neft va tabiiy gaz konlaridan biri bor. Bu kon Pekos va Arkanzas daryolari orasida juda katta territoriyani ishg`ol qilib yotadi. Bu yerda xilma – xil strukturali formalarda neft kembriy – ordovikdan tortib neogengacha paydo bo`lgan barcha cho`kindi jinslar orasida uchraydi. Ayrim neft va tabiiy gaz konlari buyuk tekisliklarning AQSH va Kanadadagi turli qismlarida ham topilgan. Neft bilan kumir Kanada Arktika arxipelagi orollarida uchraydi Bular arxipelagning geologik tuzilishi hali yetarli Darajada o`rganilgan emas.
Rudali konlarning ahamiyati kichikroq. Bu konlardan eng yiriklari lakkolit va daykalarning mezozoy va uchlamchi davrda cho`kindi qat-lamlar orasiga kirib kelishidan hosil bo`lgan. Missisipi, Missuri va Ogayo daryolari qo`shiladigan joyda topilgan qo`rg`oshin, rux, barit va flyuoritniig kattagina konlari ana shu yo`l bilan hosil bo`lgan.
Meksika qo`ltig`i sohili (sinekliza) neftga xiyla boy. Neft bu yerda yotiq antiklinal gumbazlar shaklida yoki deyarli gorizontal holda yotadigan bur va kaynozoy yotqiziqlari orasidadir. Bu konlarni ko`pincha perm qatlamlaridan cho`qqayib chiqib turgan tuz gumbazlari yorib chiqqan. Neft koilari pasttekislikning hamma qismlarida, AQSH va Meksikada Missisipi daryosidan g`arbda tarqoq holda uchraydi.
Appalachi tog`larining kaledon burmali strukturalarida dunyodagi eng katta asbest koilaridan biri topilgan (Kanadadagi Notr-Dam tog`i). Appalachi tog`lari kaledonidlarida, Niofaundlendda va Shar-kiy Grenlandiyada polimetall konlari xam topilgan.
Kaledon burmalanishi protsessida va geologiya tarixining yanada qadimgi bosqichlarida paydo bo`lgan turli rudalar Appalachi tog`lari-ning gersip strukturalari uchun ham xarakterlidir. Bu rudalar yoqil-g`i-energetika xom ashyosi va rudalarning xilma-xil turlaridan ibo-rat. Appalachi tog`larining tabiiy boyliklaridan eng qimmatlisi tosh-ko`mir davridagi cho`kindi jinslar orasida uchraydigan toshko`mirdir. Juda yirik kumir koilari Appalachi platosining shimoliy kismida uchraydi. G`arbda kumir konlari bitumli ko`mirdai, sharqda, disloka-siyaga uchragan zonada antratsitdan iborat. 10—27 ko`mir qatlami uchraydi. Bu qatlamlarning qalinligi 12—20 m. Ba`zi joylarda kumir yer yuziga chiqib yotadi. Yuqori sifatli kumir konidan yana bittasi Pit-tsburgdan Birmingemgacha gersin burmali zonasining g`arbiy chekkasi bo`ylab joylashgan. Bu kon undan janubda esa Meksika bo`yi past-tekisligining mezozoy cho`kindi jinslari qatlamlari tagida yotadi. Hozirgi vaqtda deyarli butunlay qazib olingan neft konlari ham kumir konlari bilan bog`l.iq.
GersinAppalachi tog`larining boshqa konlari orasida silur yotqi-ziqlarida uchraydigan va butun janubiy Appalachi tog`lari bo`ylab cho`-zilib boradigan temir ruda koni mintaqasini hosil qiladigan gematit (ayniqsa Birmingem atroflari temir rudasiga boy), rux, mis rudalari va piritni aytib o`tish mumkin.
Kordilyera tog`larining burmali strukturalarida juda xilma-xil qazilmalar bor. Asl metall, rangdor va nodir metallarning neva-diy va laramiy intruziyalarida uchraydigan konlari ham anchaginadir.
Kimmeriy burmali mintaqasi qalay-volfram rudalariga boy bulgan janubi-sharqiy Osiyodan farq qilib, Shimoliy Amerikaniig xuddi shunday strukturalari mis, oltin, kumush va ruxga boy rudalar bilan mashhurdir. Asosiy konlar genetik jihatdan yuqori yura va quyi bo`r-mo`tadil nordon granitoidlari bilan bog`liqdir. Bu granitoidlar kembriydan oldingi, paleozoy va mezozoy jinslarini yorib chiqqan-Sioard yarim orslidagi, Yukon daryosi havzasidag.i (Alyaska va Kanada-da) va Kaliforniyadagi butun dunyoga mashhur oltin konlari Kanada hamda AQShning Nevada va Arizona shtatlaridagi polimetall (asosai qalay, rux) konlari (oltin, mis, qo`rg`oshin, rux, kumush) va Kanadadagi volframga boy skarn konlari (ohaktoshli-temirli silikatlar: granat, piroksen va boshqalar) ana shunday konlardir. Kichikroq konlardan Alyaskadagi qalai rudalarini, AQSH ning g`arbidagi xrom konlarini, Kaliforniya shtatidagi Shasta tog`i yaqinidagi kolchedan konlarini :aytib o`tish mumkin.
Laramiy strukturalarida AQSH Qoyali tog`larining shimoliy va o`rta qismlarida batolitlar bilan bog`liq, bo`lgan konlar juda ham muhim ahamiyatga ega. Mis (Bingen, Byutt va boshqalar), polimetall
(Ker-d`Alen), volfram, oltinning juda katta konlari shular jumla-sidandir. Kolorado platosida ana shu davrda (bo`r davri oxiri paleo-genda) paydo bo`lgan intruziyada kattagina uran konlari mavjud. Deyar-li xuddi shu taqlidda paydo bo`lgan mis, polimetall va titan rudalari Meksika togligining ichki qismlari uchun xarakterlidir.
Juda katta territoriyada ro`y bergan neogen magmatik protsesslari Tinch okean burmalari mintaqasidagina emas, balki Kordilyera tog`-larining boshqa strukturalari zonalarida ham ko`pgina rudali konlar hosil qilgan. Alyaska va Kanadada qirg`oq bo`yi polosasi xrom, platina va olmos, AQSH esa simob zapaslari bilan ajralib turadi. AQShda Qoyali tog`larning o`rta qismida xuddi shu yoshdagi intruziyalarda molibden (dunyodagi eng katta konlardan biri), qo`rg`oshin-rux, oltin-kumush, mis-molibdei va boshqa rudalarning konlari bor.
AQShning rudali mintaqasi Meksikada ham davom etadi. Meksi-kadagi eng yirik konlar iyeogenda paydo bo`lgan. Chunonchi, mis-molib-den, polimetall, uran va oltin-kumush rudalarining yirik konlari ana shunday konlardir. Meksika tog`ligida bunday rudalar juda ko`p.
Kordilyera tog`larida rudalardan tashqari, yoqilg`i-energetikaxom ashyosi ham mavjud. Geologik tuzilishi juda xilma-xil bo`lganidan bu xom ashyo konlari nihoyatda tarqoq. Kordilyera tog`larining turli joylarida yoshi va tarkibi turlicha bo`lgan kumir konlari topilgan. Ulardan eng yiriklari Qoyali tog`lar yaqinitsagi tog` orasidagi past-liklarda va Kanadadagi orol shaklidagi tog`larda bo`lib, yuqori bur-paleogen yoshidadir. Neft zapasi u qadar katta emas. Kaliforniya shtatining janubiy tomonlari bundan mustasnodir. Bu yerda kichik-rok joyda kaynozoy jinslari orasida juda katta neft konlari bor. Qoyali tog`larda va Alyaskaning ayrim qismlarida bir oz miqdorda neft uchraydi.
Iqlim
Shimoliy Amerika Arktika mintaqasidan tropik mintaqagacha cho`zilgan. Shuning uchun uning territoriyasida radiatsiya sharoiti va havoning sirkulyatsiya xususiyatlari juda xilma – xildir.
Materikning shimoliy yarmida (560 shimoliy kenglikdan shimolda) radiatsiya balansi bir yilda 20 kkal/sm2, janubiy qismlarida esa 60 kkal/sm2 dan ortiqroq.
Kontineitning katta k.ismi o`rtacha (mo`tadil) kengliklarda bo`lib, bu yerda g`arbiy havo massalari hukmrondir. Faqat eng janubiy qismlari tropik mintaqadadir. Bu yerda meridian bo`ylab harakat qiladigan havo massalari (passatlar) asosiy urin tutadi.
Sirkulyatsiya protsesslari yer yuzasining suv, quruqlik yoki tog`lardan iborat ekanligiga qarab anchagina o`zgaradi. Biroq, bu ta`sir Yevrosis-dagichalik kuchli emas. Chunki Yevrosiyo maydoni Shimoliy Amerikadan juda kattadir. Shimoliy Amerika materigi ustida qish paytida, barqaror antitsiklon va yozda esa barqaror siklonlar paydo bo`ladi, lekin ular Yevrosiyodagichalik kuchli (intensiv) emas. Shuning oqibatida, chunonchi, musson oqimlari ham kuchli emas. Musson oqimlari materikning janubi sharqiy qismida faqat yoz paytidagina paydo buladi. Hatto qishda ham butun Shimoliy Amerikada siklon ob – havosi bo`lib turadi.
Shunga qaramasdan yer yuzasi, asosan relyefning xilma – xilligi havo qatlamining yer yuzaoiga yaqin qismlarida havo harakatini sezilarli darajada o`zgartiradi. Bu sohada Kordilyera tog`lari ayniqsa katta rol o`ynaydi. G`arbdagi baland tog`lar Tinch okeanning materikning markaziy va sharqiy qismlari iqlimiga ta`sirini cheklab qo`yadi. Bu yerlarda meridional yo`nalishdagi havo massalarining roli muhim. Bu yerlar tekis bo`lganidan Shimoliy Muz okeanidan sovuq havo va Meksika qo`ltig`idan iliq havo mamlakatning ichkarisiga kirib` keladi. Materik ustida barik markazlar kuchli bo`lmaganidan, ihlimning tarkib topishida okean ustidagi barik markazlarning ta`siri katta. Buning ustiga Shimoliy Amerika qirg`oqlarini o`rab turadigak iliq va sovuq oqimlarining kirib kedishi ana shu markazlar bilan bog`liqdir, Yilning turli faslida materik ustida atmosfera protsesslari: turlicha ruy beradi.
Qishda Quyoshdan keladigan issiqlik keskin kamayadi Dekabrda materikning katta qismida (40-440 shimoliy kenglikdan shyamolda) radiatsiya balansi manfiydir. Quruqlik yuzasi okean yuzasiga nisbatan tezrok, soviydi. Shuning uchun materikka keladigan havoning yer yuzasiga yaqinqatlami ham soviydi va ancha zichlashadi. Buning oqchbatida materik yuzasida atmosfera bosimi ko`tariladi, atmosferaning yuqori qatlamlarida esa shunga qarab pasayadi, 5 km balandlikda izobaralar kartasida chuqurlik paydo bo`ladi. Bu chuqurlik materikning sharqiy qismi ustida Shimoliy Muz okeani tepasidagi past bosim oblastidai boshlanadi. Ana shu chuqurlikning g`arbiy chekkasi bo`ylab materikka shimoli – g`arbdan kuchli havo oqimi tushadi. Bu havo oqimi antitsiklonlar paydo bo`lishiga imkon beradi. Shunga qaramasdan Shimoliy Amerika tepasida Osiyo antitsikloni kabi yuqori bosim markazi paydo bo`lmaydi. Bu esa materikning Yevrosiyoga nisbatan g`arbdan sharqqa kam cho`zilganligi va kichikligi oqibatidir. Baland bosim oblasti kartalarda qirra shaklida tasvirlanadi (1-ilova). Bu qirra Bofort dengizidai janubi-sharqqa tomon cho`zilgan bo`lib, Arktika va subtropik kengliklardagi baland bosim oblastlari orasidadir. Qirra o`qida yanvarda o`rtacha atmosfera bosimi 1021 mb (766 mm) dan oshmaydi. Bu esa Osiyo antitsikloni markazidagidan 15 mb pastdir.
Yevrosiyo tepasidagi kabi, g`arbiy havo massasi tufayli kuchli siklonlar ro`y beradi. Shimoliy Amerikaga siklonlar Tinch okeandan? keladi. Siklonlar qisman Kordilyera tog`larida ushlanib, barqaror-siklon oblasti – Aleut minimumini hosil qiladi. Bu minimum ham Islandiya minumumi kabi, qish paytida iqlim sharoitining tarkib topishida sezilarli rol o`ynaydi.
Aleut minimumi tufayli materikning g`arbida 360 va 600 shimoliy kengliklar orasida o`rtacha kengliklarning Tinch okean iliq nam havosi
hukmrondir. Bu havo, asosan, janubdan qirg`oq bo`ylab esadi va Kordilyera tog`lariniig g`arbiy yon bag`irlarida ko`p miqdorda nam beradi. Bu havo sharqqa tomon harakat qilib, Kordilyera tog`laridan o`tadi, biroq Buyuk tekisliklarga kelganda juda qurib qolib, yog`in bermaydi.
Ayni vaqtda Islandiya minimumining g`arbiy chekkasi bo`ylab quyi qatlamlarda materikning shimoliy va shimoli–sharqiy qismlarida Arktika dengiz havosi keladi. Bu havo g`arbdan keladigan havo massalari bilan qo`shilishi natijasida ko`p qor yog`adi. Bu havo janubga qarab – harakat qilib ekan, o`z yo`lida jiddiy bir orografik to`sqiilikka uchramaydi. Aksincha, materik chekkalaridagi tog` tizmalari havoning janubiy kengliklarga kirib kelishiga imkon beradi. Chunki bu tog`lar havoning g`arb va sharqqa oqib ketishiga ko`p yo`l qo`ymaydi. To`g`ri, bu–havo endi butunlay o`zgargan. U ba`zan Meksika qo`ltig`i sohiliga yetib hatto Florida yarim orolida ham ekinlarga zarar beradigan qora sovuqlar olib keladi.
Fizik xossalari bir-biridantubdan farq qiladigan havo massalarining o`zaro ta`siri natijasida materik ustida qish paytida juda
o`zgaruvchan ob – havo tarkib topadi. Vaqt – vaqti bilan Kordilyera toglari ustidan oshib o`tib Buyuk ko`llar atroflarida kuchayadigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |