Qorinning to‘g‘ri mushagi Qorinning to‘g‘ri mushagi (m. rectus abdominis) qorin- ning oq chi zig‘ini ikki tomonida bo‘ylamasiga yo‘nalgan uzun tasmasimon mu shak. U qov qirrasi va qov simfizidan ikki pay bi- lan boshlanib, yuqo riga yo‘naladi va biroz kengayib, xanjarsimon o‘siqchaning oldingi yuza si, V–VII qovurg‘alar tog‘ayiga birika- di. Bu mushak tolalari 3–4 yerida ko‘ndalang yo‘nalgan mushak qorinchalari orasidagi paylar bilan bo‘linadi. Buning natijasida mushakning ayrim qismlari alohida qisqarishi mumkin. Faoliyati: umurtqa pog‘onasini bukadi, qovurg‘alarni pastga tortadi Piramidasimon mushak Piramidasimon mushak (m. pyramidalis) uchburchak shaklida bo‘lib, qorinning to‘g‘ri mushagini pastki qismi oldida yotadi. Bu mu shak qov qirrasidan boshlanib, tolalari pastdan yuqoriga yo‘naladi va qorinning oq chizig‘iga birikadi. Faoliyati: qorinning oq chizig‘ini taranglaydi. Qorinning orqa devorida belning kvadrat mushagi (m. quadratus lumborum) yotadi. U bel umurtqalari ko‘ndalang o‘siqchalarining yon tomonida yotadi. Yonbosh suyagi qirrasi, yonbosh-bel boylami, pastki bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq chalaridan boshlanib, XII qovurg‘aning pastki qirrasi va ustki bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchalariga birikadi. . Qorin fassiyalari. Qorinning yuza fassiyasi teri osti yog‘ to‘qimasi bilan qorin mushaklari orasida joylashgan. Qorinning xususiy fassiyasi qorin devori mushak qavatlariga mos ravishda birnecha qatlamdan iborat. Uning yuza qatlami qorinning tashqi qiyshiq mushagini tashqi tomondan o‘raydi. Xususiy fassiyaning ikki qatlami qorinning ichki qiyshiq mushagini old va orqa tomondan o‘rab turadi.Ko‘ndalang fassiya qorinning yon va oldingi devorini ichki tomondan qoplaydi. Qorin to‘g‘ri mushagining qini - Qorin to‘g‘ri mushagining qini (vagina m. recti abdominis)) qorinning uchta serbar mushaklari aponevrozidan hosil bo‘ladi. Ular qorin to‘g‘ri mushagini old va orqa yuzasidan o‘rab oladi. Uning old va orqa devorining tuzilishi yuqori va past ki qismlarda bir xil bo‘lmay, kindikdan yuqorida qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozi to‘g‘ri mushakning old tomonidan o‘tsa, ko‘ndalang mushakning aponevrozi orqa tomondan o‘tadi. Qorin ichki qiyshiq mushagining aponevrozi to‘g‘ri mu-shakning tashqi chekkasida ikki varaqqa bo‘linadi. Uning bittasi to‘g‘ri mushakning old tomonidan o‘tib, tashqi qiyshiq mushak aponevrozi bilan birikib, oldingi plastinkani, ikkinchisi esa orqa tomondan o‘tib, ko‘ndalang mu shakning aponevrozi bilan birikib orqa plastinkani hosil qiladi. Kindikdan 4–5 sm pastroqda qorinning barcha serbar mushaklarining aponevrozlari to‘g‘ri mushakning old tomonidan o‘tib, qinning oldingi devorini hosil qiladi. Qorin to‘g‘ri mushagini orqa tomonidan bu sohada faqat ko‘ndalang fassiya qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |