Bo’g’in. Bir nafas bilan aytiladigan so’z yoki so’zning bo’lagi – bo’g’indir. So’zlar talaffuz qilinganda, chiqarilayotgan havo oqimi turli – tuman ohang kasb etib, bo’g’inlarni hosil qiladi. Bo’g’inni hosil qiluvchi narsa – nutq tovushidir. Nutq tovushlari unli va undoshga bo’linganidek, undan hosil bo’luvchi bo’g’inlar ikki xil bo’ladi. Agar bo’g’inlarning oxiri unli bilan tugasa (bo-la, ka-ri-ma kabi) ochiq bo’g’in, undosh bilan tugagan bo’lsa (mak-tab, non kabi)yopiq bo’g’in sanaladi.
Bo’g’in – ritmni hosil qiluvchi eng kichik o’lchov birligi sanaladi. U ritm yaratish uchun guruhlanadi, ayni paytda, ritm qaysi misrada bo’g’in soni ko’p yoki kam ekanligini aniqlaydi. U ritm yaratish vazifasini yaratish uchun turoqlarga (aruzda ruknlarga ) uyushadi.
Turoq. Bo’g’inlarning misralarda qat’iy tartibda guruhlanishi – turoqdir.
Darvoqye, agar she’rlarning ritmiga e’tibor qilsak, bo’g’inlarning soni jihatdan bir turkumga kirgan she’rlarning ritmida bir-biridan farq borligini sezamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |