6. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar. “Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar
Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting69 agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa – sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri “Axborreyting”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |