Shayboniylar Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulola



Download 20,88 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi20,88 Kb.
#417165
  1   2
Bog'liq
Shayboniylar


Shayboniylar — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulola (1500—1599/1601).
Shayboniyxon XV asr oxiri va XVI asr boshlarida toju taxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda Shayboniyxon oʻldirilgach 1510-yil, Koʻchkunchixon xon qilib koʻtarilgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Abu Saidxon qisqa muddat 1530—1533-yillarda hukmronlik qildi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saqlab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda Abdulazizxon; Samarqandda Abdullatifxon; Balxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarqoqlikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan. Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon boʻlishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan.


Ashtarxoniylar, Joniylar – 1601–1757-yillarda oʻzbek davlatchiligini boshqargan sulola. 1601-yil ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qoʻlga olgach, shayboniylar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Ashtarxoniylar Joʻjixon naslidan boʻlib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalqlar ustidan xukmronlik qilgan. Buxoroga koʻchib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563–83) qizi Zuhroxonimni uning oʻgʻli Jonibek sultonga bergan. Jonibek sulton Zuhroxonimdan uch oʻgʻil (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) koʻrgan. Din Muhammad Abdullaxon II (1583–98) zamonida Niso va Abivard hokimi boʻldi. Abdulmoʻminxon oʻldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon taxtiga koʻtarmoqchi boʻldilar. Lekin, Jonibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta oʻgʻli Din Muhammad nomiga xutba oʻqitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yoʻlda halok boʻldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning oʻrtancha oʻgʻli Boqi Muhammad oʻtqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi Ashtarxoniylar qoʻliga oʻtdi (Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati xususida Buxoro xonligi maqolasiga q.).

Download 20,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish