Slaneslangan kon lahimlarida ko‘mir changining o ‘tirganlik
holati vizual ko‘rib chiqiladi. Agar kon lahimlari inert chang bilan
qoplanmagan yoki uning ustiga ko‘mir changi o ‘tirmagan b o ‘lsa,
bunday lahimlar portlash xavfi yo ‘q lahimlar hisoblanadi.
Aksincha, lahimning hamma yuzalari yoki alohida uchast-
kalariga chang o ‘tirib, ular ostidagi inert chang butunlay ko‘rin-
may qolgan b o ‘lsa, bunday lahimlar portlashga xavfli hisobla-
nadi va ularni darhol slaneslash lozim.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Shaxta changi haqida ma’lumot bering.
2. Ko‘mir shaxtalarida chang qanday hosil bo‘ladi?
3. Portlashda yonmagan ko‘mir changi nimaga aylanadi?
42
5-bob. KON LAH IM LARINING IQ LIM IY
SHAROITLARI
5.1 . Shaxta iqlimi haqida tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |