Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiyalarni paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsional oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiyalar bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun Emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi
Bir tomondan, ehtiyojning paydo bo`lishi, ikkinchi tomondan bu ehtiyojni qondirish uchun zarur bo`lgan omil va imkoniyatlarning yetishmovchiligi hissiy zo`riqishga olib keladi. Maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan omillarni bilim, ko`nikmalar, tajriba, energiya va vaqt tashkil qiladi. Bu omillardan biriga organizm yetarli miqdorda ega bo`lmasa, zo`riqish holati rivojlanadi. Ehtiyoj, maqsadning ahamiyati qanchalik katta bo`lsa, omil yetishmovchiligi qanchalik ko`p bo`lsa, zo`riqish darajasi shunchalik yuqori bo`ladi. Zo`riqish ma’lum darajaga yetganda hissiyotni uyg`otadi. Uning 4 darajasi tafovut qilinadi. Zo`riqishning birinchi darajasi organizmning diqqat-e’tibori, ish qobiliyati ortishi bilan ifodalanadi. Odam oldida turgan vazifa yangi bo`lsa, unga nisbatan qiziqish ortadi, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish qobiliyatini oshiradi, foydali bo`ladi. Ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish uchun birinchi darajadagi zo`riqish holatida ishga solingan imkoniyatlar yetarli bo`lmasa, zo`riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, manfiy hissiyot paydo bo`ladi. Odam norozi bo`ladi, jahli chiqadi. Ammo, u imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib, oldida turgan masalani yechishga harakat qiladi.
Agar qondirilishi zarur bo`lgan ehtiyoj omillarni organizm ega bo`lganidan ko`p miqdorda talab qilsa, organizmning imkoniyatlari turgan masalani yechish uchun yetarli bo`lmasa, zo`riqishning uchinchi darajasi rivojlanadi. Maqsadiga erishishga ko`zi yetmagan odam siqilib, eziladi. Zo`riqishning bu darajasi organizm a’zolari va tizimlarining faoliyati keskin salbiylashadi. Aqliy va jismoniy imkoniyatlari kamayadi, odam hech bir ishga qo`l urgisi kelmaydi, zarar yetkazuvchi omillarga qarshiligi susayadi. Bunday holatning uzoq davom etishi organizmga ziyon qilib, turli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shu sababdan, zo`riqishning uchinchi darajasini astenik zo`riqish deydilar.
Zo`riqishning uchinchi darajasini organizmning o`ziga xos himoya reaktsiyasi desa bo`ladi. Imkoniyatlari yetarli emasligini bilgan organizm maqsadga erishishdan voz kechishga majbur bo`ladi. Ammo, maqsadning ahamiyati, unga erishish zaruriyati saqlanib qolsa, organizm mushqo`l ahvolga tushadi, endi zo`riqish to`rtinchi darajaga o`tadi. Bunda nevroz holat ro`y berib, ba’zi boshqaruv mexanizmlarining shikastlanishiga olib keladi. Zo`riqish darajalarining biri ikkinchisiga osoyishta o`tishi shart emas. Sharoitga qarab, birdan ikkinchi yoki uchinchi darajadagi zo`riqish holati yuzaga chiqishi mumkin. Asab tizimi birinchi galda organizm yechishi zarur bo`lgan masalaning ahamiyati va murakkabligini, bu masalani hal qilish uchun zarur omillar miqdorini va shu vaqtda organizmda mavjud bo`lgan omillar
miqdorini va shu vaqtda organizmda mavjud bo`lgan omillar miqdorini va shu vaqtda organizmda mavjud bo`lgan omillar miqdorini belgilaydi. Zarur miqdor
bilan bor bo`lgan miqdorlar o`rtasidagi munosiblik qancha kam bo`lsa, taraqqiy etgan zo`riqish darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Zo`riqishning bu to`rtinchi darajasi sof holda kam uchraydi. Masalan,
ikkinchi va uchinchi darajalar oralig`idagi bo`lgan zo`riqish holatida
organizmning aqliy imkoniyatlari pasayib ketgan bir vaqtda uning energetik
Oliy o’quv yurti talabalarining yangi o’quv muhitiga moshlashishi, undagi ijtimoiy-psixologik jihatlar Povalyova.М.А., Рean А.А., Kudashev А.R., Baranov А.А., Vsevolodova N.А., Babaxan Yu.S., Dubovitskaya T.D asarlarida va ilmiy ishlarida yetarlicha asoslanib o’rganilgan. Universitetga kirish va o'qish talabalarni yangi madaniy,ta'lim muhitiga jalb qilish bilan birga kechadi, bu moslashish jarayonining boshlang'ich mexanizmi hisoblanadi. Moslashuvning muvaffaqiyati talabalarning zahira imkoniyatlarini yangilash va o'quv jarayonida duch keladigan turli xil qiyinchiliklarni yengishga tayyorligini o'z ichiga oladi. Yangi o’quv muhitga moslashishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelinadi: ➢ Eski qadriyatlar tizimiga amal qilish; ➢ Assimilyatsiya; ➢ Yangi turar-joy sharoitlariga moslashish; ➢ Yangi kursdoshlari bilan muloqot; ➢ O’qituvchi shaxsi; ➢ Tabiiy sharoit va boshqalar. Moslashuv samaradorligining mezonlari qanday? Uning muvaffaqiyatini qanday ta’minlash mumkin? degan savollar hozirda ko’plab uchramoqda. Mezonlar orasida, birinchi navbatda, kuzatilishi oson bo'lgan obyektiv mezonlarni ta'kidlaymiz. Bu akademik ko'rsatkichlar, jamoat hayotining turli shakllarida ishtirok etish darajasi, salomatlik holati (ham psixologik,ham jismoniy salomatlik), ilmiy faoliyat darajasi bo’lishi mumkin.Shuningdek, obyektiv faktorlar bilan bir qatorda subyektiv mezonlar mavjud, ular faoliyatdan qoniqish (atrof-muhit, vaziyat va boshqalar), o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash istagi, yetakchi qiymat yo'nalishlari, o'z-o'zini hurmat qilish, hissiy barqarorlikni o'z ichiga oladi. Moslashish talabalarga nafaqat yangi sharoitlarga ko’nikishni, balki xattiharakatlarning yangi shakllari va yangi ijtimoiy rollarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu jarayon tufayli shaxsning yangi muhitda eng yaxshi faoliyati uchun sharoitlar yaratilmoqda. Agar moslashuv ro'y bermasa, talabada mavzuni o'zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelish hollari ham yuz beradi. Universitetda talabalarni moslashtirish masalasi haligacha dolzarb bo'lib qolmoqda. Talabalarning oliy ta’lim jarayoniga moslashishi ijtimoiy, psixologik, pedagogik va boshqa jihatlarni qamrab oluvchi hodisadir. Korovina.I.V fikriga ko’ra esa, universitetdagi talabalarning psixologik moslashuvida quyidagilarni yaqqol ajratib ko’rsatish mumkin deb hisoblaydi:
o'quv faoliyati sharoitlariga moslashish (o'qitishning yangi shakllariga moslashish, bilimlarni nazorat qilish va o'zlashtirish, boshqa ish va dam olish rejimiga, mustaqil hayot tarziga va shunga o'xshashlar kabiga moslashishda namoyon bo’ladi); - guruhga moslashish (hamkasblarni jamoaga kiritish, uning qoidalari, an'analarini o'zlashtirish);
- kelajakdagi kasbga moslashish (kasbiy bilim, ko'nikma va fazilatlarni o'zlashtirish) guruhga moslashish (hamkasblarni jamoaga kiritish, uning qoidalari, an'analarini o'zlashtirish) kabilar. Shaxsni shakllantirishning eng muhim sohalariga asoslanib, birinchi kurs talabalarining moslashuv jarayonining asosiy mazmunini quyidagicha aniqlash mumkin: yangi ta’lim standartlarini,
ta’lim jarayonidagi qoidalarni o’zlashtirish - talabalarda kasbga tayyorgarlik, kasb layoqatini o’qishning dastlabki yillaridan shakllantirishga e’tibor qaratishga doir chora-tadbirlarni qo’llash;
ilmiy faoliyatning yangi soha va turlariga o’qitish;
talabalar turar joyidagi yangi yashash sharoitiga moslashish va boshqalar. Tadqiqotdan xulosa qilib shuni aytish mukinki, quyida keltiriladigan choratadbirlar talaba yoshlardagi o’quv muhitiga moslashish jarayonini yengillashtiradi Talabalarni yangi o’quv muhitiga moshlashtirish uchun pedagoglar tomonidan alohida chora-tadbirlar qo’llash lozim. O’quv yilining dastlabki kunlaridanoq OTM amaliy psixologi tomonidan yangi kelgan talabaning o’quv motivlarini aniqlashga qaratilgan so’rovnomalar o’tkazishilishi kerak, shu orqali talabani keyingi o’quv faoliyatidagi samaradorligini ta’minlash mumkin; - Talaba uchun yangi bo’lgan o’quv muassasa haqida unga to’liq ma’lumot berish, ya’ni, oldindagi hodisalarga nisbatan ustanovka hosil qilish lozim. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, talabalarni yangi o’quv sharoitlariga moslashtirish pedagogik va psixologik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, hozirgi kunda talabalarda uchraydigan depressiya, steress, o’quv materiallarini o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar tom ma’noda yangi muhitga moslashishning negativ oqibatlaridir. Ikkinchidan, talabalarga bu kabi salbiy holatlarni yengishda ularning individual psixologik xususiyatlari bilan bir qatorda, ular ta’lim olayotgan oliy o’quv yurtidagi mahoratli pedagoglarning tavsiyalari,guruh jamoasidagi qo’llab-quvvatlashlar ham yordam beradi. Uchinchidan, shaxsning yangi madaniy muhitga moslashishi albatta, ma’lum qiyinchiliklarsiz o’tmasligi yuqoridagi tadqiqotlardan ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |