Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo`lgan. Inson va uni o`rab turgan tabiat o`rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo`lgan. Inson va uni o`rab turgan tabiat o`rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o`tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo`lning mehnat faoliyati uchun bo`shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go`shtli ovqatning iste`mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |