Hissiyot va emotsiya.
Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi. Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi.
Emotsional holatlarning yuzaga kelishi.
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko'rinishlarda ro'y beradiki, unda asosiy o'rinni ko'rgazmali jihatlar asosiy o'rin egallaydi va ular quyidagilar: emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi; emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi; gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi.
Emotsionallikning inson hayoti faoliyatiga ta’siri.
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o‘rinda hissiyot o‘zicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida alohida xossasi, xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, 54 ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |