Kayfiyatlar - ancha vaqt davomida kishining butun xatti-ha-rakatiga tus berib turadigan umumiy emotsional holatini ifoda etadi.
Kayfiyatlar ko`proq kishi salomatligining umumiy holatiga, ay-niqsa, asab tizimi va modda almashinuvini to`g`rilab turuvchi ichki sekretsiya bezlarining holatiga bog`liqdir.
Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur`atsizlik, zerikish, qayg`urish singari his-tuyg`ular uning ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba`zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug`diradi.
Inson xafa, ma`yus emotsional holat hukmronligida boisa, teng-doshlarining haziliga, keksalarning o`git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog`idagiga nisbatan mazmun va sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chi-qarish va xalq ta`limi tizimi jamoalarida, rasmiy guruhlarda ishchan-lik, o`zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizida vujudga keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri shaxslarning ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy
nuqtai nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta`sirlar, chunonchi, mehnat muvaffaqiyati va ta`lirn yutug`i, rahbar va xodim, o`qituvchi va saboq dluvchi o`rtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxs-lararo muomala maromi, Har xil vaziyatlarda paydo bo`lgan turmush-dagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va talablarining qondirilishidan qanoat hosil qilish yoki qanoat hosil qilmaslik kayfiyatning manbalari bo`lib hisoblanadi.
Shaxsning ma`lum muddat ruhi tushib, noxush kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga kelganligidan, halovati buzil-ganligidan dalolat beradi. Buoday vaziyatlar namoyon bo`lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda xushtavo-zelik bilan ijobiy ta`sir o`tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositaiarni qo`llash,* kayfiyatini buzib turgan omillami batamom bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Stress, psixologik ta`rifga ko`ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin his-tuyg`ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo`lgan kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish degan so`zdan olingan)dan yoxud emotsional zo`riqishdan iboratdir. Emotsional zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y beradi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o`ziga xos tarzda o`zga-radi, unda qo`zg`alishning umumiy reaksiyasi paydo bo`ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustunlik qila boshlaydi.
Lekin stress holatida fiziologik o`zgarishlar tashqi tomondan qariyb ko`zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muamrnoiii yechishdagi qiyinchilikni, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilsa bo`ladi. Shaxs stress holatida telefon raqamini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil tormozlanadi, idrok ko`lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim o`rin tutadi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning oliy asab faoliyati, asab tizimining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg`ular (mas`uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |