2.
L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi
Psixologiya va psixoterapiyada ekzistensial yo‘nalishning yorqin vakillari
shvetsariyalik psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Boss. Ular o‘z
konsepsiyasini nemis faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida
ishlab chiqishgan.
Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya bir qator o‘ziga
xosliklar bilan ajralib turadi. Avvalo, ular psixologiyaga tabiiy fanlardan sababiylik
tamoyilining olib kirilishiga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, inson hayotida hech qanday
sabab- oqibat ga asoslangan munosabatlar yo‘q. Asosan, xulq-atvorning ketma-ketligi
mavjud bo‘lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni keltirib chiqarib bo‘lmaydi
7
.
Shunday qilib, Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya
kazuallikni rad etgan holda, positivizm, determinizm va materializmni ham inkor
qiladi. Ushbu olimlar ta‘kidlashicha psixologiya boshqa fanlarga o‘xshamaydi va ular
kabi model asosida qurilishi kerak emas. U o‘z metodini (fenomenologiya) va
tushunchalarini (hayotdagi mavjudlik, mavjuslik moduslari, erkinlik, ma‘suliyat,
aylanish, transendensiya, makoniylik, temporallik va b.q. ) talab qiladi. Binsvanger va
Boss ekzistensial nazariyasining markaziy tushunchalaridan biri motivatsiyadir.
Motivatsiya doim sabab va oqibat munosabatlarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tushunishni
talab qiladi. Bir xil voqea turi sabablar oqibatida yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan
tabiiy omillar tufayli, lekin faqat insongina mazkur harakatni amalga oshirish, biror bir
maqsadga erishish uchun motivatsityaga ega bo‘ladi.
Turli individlar turli maqsadlarga erishih uchun bir xil harakatlarni amalga
oshirishlari mumkin. Shu bilan birga inson tomonidan u yoki bu maqsadga erishish bir
necha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va bu bosqichning har biri o‘z oqibatiga
6
Boeree C. G. Viktor Frankl/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. - Р.8
7
Boeree C. G. Medard Boss/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. - Р.3
ega bo‘ladi. Umuman olganda, mazkur holatda inson motivastiyasini tushunish inson
xulq-atvori, hattiharakatini anglashning bosh mezoni bo‘ladi. Binsvanger va Boss
konsepsiyasi subekt (ruh) va obekt (tana, muhit, materiya) o‘rtasidagi dualizmga salbiy
qaraydi. Ushbu fikrni birmchi bo‘lib Dekart ilgari surgan va keyinchalik inson
kechinmalari va harakatlarini muhit stimullari hamda tana holati nuqtai nazardan
ko‘rib chiqishda keng qo‘llanila boshlandi. Ekzistensial nazariya individning dunyoda
birligini ta‘kidlaydi va bu birlikni buzuvchi har qanday qarashni falsifikatsiya va inson
voqeligini yagona oqimini bo‘lib tashlashga bo‘lgan urinish deya baholaydi.
Boss so‘zlariga ko‘ra, ekzistensial psixologiya maqsadi- insonning bog‘liqlik
strukturasini yuzaga chiqarishdir. U yozadi: “Bog’liqlik faqatgina buzilmagan
butunlikda mavjud; bog’liqlik butunlikdan kelib chiqadi”.
Ekzistensial psixologiyaning uhbu yo‘nalishi shuningdek fenomenlar ortida
ularni tushuntirib berishi yoki aniqlab berishi mumkin bo‘lgan nimadir bor degan
farazni ham inkor etadi. U inson xulqatvorini ananaviy bo‘lgan —Men-konsepsiya”,
ongsiz, psixik va jismoniy energiya, instinktlar, miya elektrik jarayolari, arxitiplar va
b.q. orqali talqin qilishni tan olmaydi. Binsvanger va Boss fenomen mohiyatini
tushuntirib berishmaydi, ular faqat fenomen borlugini tan olishadi va psixologiyaning
bosh vazifasini ularni chuqur yoritish, tushuntirish yoki isbotlash emas deb aytib o‘tadi.
Bu tadqiqotchilar har qanday psixologik nazariyalarga salbiy munosabatda bo‘lganlar,
zero, nazariya ostida doim u yoki bu faraz yotadi, mazkur olimlar uchun esa inson
tomondan his qilingan, uning boshidan o‘tgan va anglab yetilgan hodisalar haqiqiydir,
ilmiy farazlar emas. Bu yonalish tarafdorlari fikricha o‘rganish bu hech qanday
gipoteza va steriotiplarsiz ko‘ra olishdir.
Binsvanger va Boss individga huddu buyumdek qarashga qarshi chiqdilar. Ular
fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni hayotdagi
mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal qoibat shaxs
degumanizatiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular insonlarning texnisizm,
byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va
buzilishi haqida so‘z yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga ko‘ra, insonlar bilan buyum
kabi munosabatda bo‘lganda, ular ham o‘zlarini ega bo‘lish, nazorat qilish, forma
berish, ishlatish mumkin bo‘lgan buyum deb hisoblay boshlashadi. Natijada bunday
insonlar haqiqiy inson hayotini yashab o‘tishga qodir bo‘lmay qoladilar. Inson o‘z
hatti- harakati uchun erkin va ma’suldir. Boss aytadiki, erk bu insonlar ega bo‘lgan
nimadir emas, bu shundoq ham mavjud hodisa. Binsvanger va Boss ekzistensial
falsafaisda juda katta o‘rin inson o‘limi mavzusiga ajratilgan. Mazkur mutaxassislar
asarlarida o‘lim oldidan qo‘rquv hayot masalasidan kam o‘rganilmagan. Binsvanger
va Boss konsepsiyasining fundamental tushunchasi —dunyoda mavjudlik” (Dasein)
dir
8
.
8
Boeree C. G. Medard Boss/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
Inson mavjudigi dunyosining 3 darajasi bor: 1) bilogik yoki jismoniy atrof-muhit
(landshaft); 2) insoniyat muhiti 3) insonning o‘zi, uning tanasi. Inson mavjudligining
mohiyati masalasiga to‘xtalar ekan, Binsvanger va Boss insonlarning o‘zi dunyo
mohiyati ekanligini, ular o‘z dunyosiga ega ekanligini, ammo doimo bu dunyo
chegarasidan chiqishga harakat qilishini aytib o‘tadi. Mazkur holatda, dunyo
chegarasida ortidagi mavjudlik haqida so‘z borar ekan, olimlar o‘zga - narigi olamda
yashashni nazarda tutmaganlar, balki mavjud bo‘lgan muhitidan yangi dunyoga,
muhitga o‘tish haqida fikr yuritganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |