Inson hayotida xayolning ahamiyati. Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari sirasiga kirib, kishining o'ziga xos insoniy xususiyatga ega boigan faoliyatida namoyon boiadi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib boimaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasawur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o'z ichiga qamrab oladi. Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, musiqaviy va umuman ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon boiadi.
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi boiib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o'z ifodasini topadi, shuningdek muammoli vaziyat noaniqlik ko'rsatgan hollarda xulq-atvor dasturini tuzishni ta'minlaydi. Shuning bilan birga, xayol aktiv faoliyatni dasturlashtiruvchi emas, balki uning o'rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.
Xayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasawur qilish imkoniyatini beradi.
Xayol tafakkur bilan mustahkam bogiangandir. Xayol ham ta-fakkur singari kelajakni oldindan ko'rish imkoniyatini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojiar-ni qondirishning real jarayonida oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo'ladi, ya'ni bu ehtiyojlaming qondirilishi mumkin bo'lgan vaziyatni jonli, yorqin tasawur qilish mumkin.
Xayol o'zining faolligi bilan tavsiflanadi. Shuning bilan birga, xayol apparati faqat atrofdagi olamni o'zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalani-ladi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning o'rnida, uning sun'iy aralash-masi sifatida amal qilishi mumkin. Mana shu hollarda odam o'ziga hal qilib boimaydigandek ko'rinadigan masalalardan, turmushning og'ir sharoitlaridan, o'z xatolarining ta'qibidan va shu kabilardan yashiri-nish uchun real tasavvurlardan uzoq bo'lgan fantastik olamga vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan va ko'pincha amalga oshirib bolmaydigan ish-harakat dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli xom xayol deyiladi.Kishi passiv xayolni oldindan o'ylab yuzaga keltirishi mumkin: jo'rttaga yuzaga keltirilgan, iroda bilan bogiiq boimagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsaiar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana shunday shirin xayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o'rtasidagi aloqa oson namoyon bo'ladi.Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollar i ko'proq boisa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo'lsa, u kelajakda yaxshi hayot uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko'ngilsiz boisa, bunday holda u ko'pincha o'zining ehtiyojlari toiiq qondiriladigan, istagan narsasini qoiga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila olmaycligan biron mansabni egallaydigan soxta hayotni xayol qiladi.Agar passiv xayolni oldindan o'ylab va o'ylamasdan qilingan turlarga boiish mumkin boisa, faol xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga boiish mumkin. O'z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.Ijodiy xayol, qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, original va qimmatli moddiy mahsulotlarda" amalga oshiriladigan yangi obraz-larning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo boigan ijodiy xayol ehtiyojlarini qondirish yoiini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan faol va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan boshqa ijodiyotning ajralmas jihati boiib qoladi.Xayol katta miya yarim sharlari po'stlog'ining funksiyasi hisoblanadi. Shuning bilan birga, xayol tuzilishining murakkabligi va uning hissiyotlar bilan bogiiqligi xayolning fiziologik mexanizmlari faqat miya po'stlog'i bilan emas, balki miyaning chuqurroq qismlari bilan bogiiq deb taxmin qilishga asos beradi.Yuqorida aytib o'tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt fantaziya qo'shilgan bo'ladi. Biroq har doim ham odamning amaliy harakatlarida xayol jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko'pincha xayol jarayonlari darhol amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya'ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Odam kelgusida xohlaydigan ana shunday timsollar orzu deb ataladi.Orzu, shuning bilan birga, batamom tugallanishi biror sababga ko'ra kechiktirilgan faoliyatga undovchi sabab yoki motiv sifatida namoyon bo'ladi. Mana shuning uchun ham inson qo'li bilan qilingan har qanday narsa o'zining tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtiril-gan, amalga oshirilgan inson orzusidir. Odamning amaliy ishlab chi-qarish faoliyatida fantaziyaning ahamiyati katta, lekin hamma vaqt ham sezilarli boiavermaydi. Fantaziya eng ko'p qo'llaniladigan soha bo'lmish san'at va ada-biyotning ijodiy faoliyatida zaruriy element boiib xizmat qiladi. Rassom yoki yozuvchining ijodiy faoliyatida qatnashadigan xayolning muhim xususiyati uning emotsionalligidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |