ilovalar uchun asosiy innovatsiya (yangi paydo bo‘lgan narsa) - axborot oqimlariga
oid SIMD-kengaytirishlar bo‘ldi. Ularga kirgan 70 ta yangi komandalar tasvirlar,
3D-grafikalar, tovushli va video axborot oqimlariga ishlov berish, shuningdek
nutqni tanib olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Internet-
ilovalarning kelgusi avlodlari uchun ham yetarli bo‘ladigan quvvati uchun ham
Pentium III protsessor - uzoqni ko‘ra bilgan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari
uchun a’lo kompyuter bo‘lib qoldi.
Mazkur protsessorlarning barchasi 0,18 mikronli ilg‘or ishlab chiqarish
texnologiyasi asosida ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya takt
chastotasining oshishini, bir qator muhim yangiliklar kiritilgani bois ish
unumdorligi yanada ortishini, energiya iste’moli pasayishini ta’minladi, o‘lchami
odam sochi tolasining besh yuzdan bir qismi o‘lchamiga teng narsalarga ishlov
berish imkoniyatini beradi.
Stol ustiga o‘rnatiladigan va olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar uchun
chiqarilgan Pentium III, shuningdek, serverlar va ish stansiyalari uchun ishlab
chiqarilgan Pentium III Xeon protsessorlari prinsipial jihatdan yangi sanalgan bir
qator o‘ziga xos texnologik xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlar jumlasiga
Advanced Transfer Cache rusumli 2 darajaga mansub kesh-xotira qurilmasi hamda
tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni kiradi.
Advanced Transfer Cache texnologiyasining qo‘llanilishi protsessor yadrosi
bilan protsessor ichiga o‘rnatilgan, 256 Kbayt hajmli 2- darajaga mansub to‘la
tezlik bilan ishlovchi kesh-xotira qurilmasi o‘rtasidagi signal o‘tkazish yo‘lini ikki
hissa ko‘paytirish imkonini yaratdi.
O‘z navbatida, tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni
"buferlar"ning soni ortishi tufayli ma’lumotlarning tizim shinasidan protsessorga
jadal o‘tishini ta’minlaydi.
0,18 mikronli yangi ishlab chiqarish jarayonida ftor bilan legirlangan
kremniy dioksididan (SiOF) tayyorlangan kam hajmli izolyatorlarga ega
alyuminiydan qilingan olti qatlamli o‘zaro birikmalar qo‘llaniladi. Bu esa, o‘z
navbatida, iste’mol qilinadigan kuchlanishni 1,1-1,65 Voltga qadar pasaytirish
imkonini yaratadi (bugungi protsessorlar ichida eng ko‘p energiya iste’mol
qiladiganlari 1,35 Volt kuchlanish iste’mol qiladi). Pentium III protsessorlari
kontaktlari bir tomonda joylashtirilgan kartridj ko‘rinishida ishlab chiqariladi
(Single Edge Contact Cartridge 2, S.E.C.C.2). Bunday kartridj protsessorni
o‘rnatish va himoya qilish qulayligini hamda kelgusida ishlab chiqariladigan
yuqori unumdor tizimlarga moslashishini ta’minlaydi. 440BX rusumli AGP-
platforma bilan mos kelishi protsessorning mavjud tizimlarga o‘rnatish imkonini
beradi va kompyuter bozorida yanada yangi kompyuterlar chiqarilishini
jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: