Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


o‘qish va kiritish-chiqarish portiga yozish sikllari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/225
Sana30.12.2021
Hajmi3,47 Mb.
#196228
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   225
Bog'liq
kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy taminoti

o‘qish va kiritish-chiqarish portiga yozish sikllari qo‘shiladi. 
 
 
8-rasm. 


Magistralda,  ishlash  tezligi  MzPning  ishlash  tezligidan  past  bo‘lgan 
qurilmalar  ishlab  turgan  ayrim  holatlarda  RD,  WR  va  shu  kabi  boshqa  stroblar 
davomiyligi chetdagi modul tomonidan almashinish operatsiyasi to‘g‘ri bajarilishi 
uchun  yetarli  bo‘lmay  qolishi  mumkin.  Magistral  operatsiya  muvaffaqiyatli  kun 
topishini  tashkillashtirish  uchungina  CB  tarkibiga  maxsus  READY  signali 
kiritiladi. Kanalga  murojaatlarning har bir siklida RD yoki WR strobasi yakuniga 
yetishdan oldin MzP READY signalining holatini tekshiradi. Agar READY ushbu 
fursatda  hali  uloqtirib  yuborilmagan  bo‘lsa,  MzP  tegishli  stroba  muddatini  unga 
WS  (ingl.  Wait  State)  deb  nomlanadigan    kutish    taktlarini    o‘rnatib,  uzaytiradi. 
Mikroprotsessorning  ma’lum  modeli  va  ish  rejimiga  bog‘liq  holda  WS  ning 
maksimal miqdori cheklangan yoki cheklanmagan bo‘lishi mumkin. 
 
9-rasm. 
Magistralda  amalga  oshadigan  ishning  oddiy  rejimida  faqat  bitta  faol 
qurilma  ishlaydi,  u  ham  bo‘lsa,  MzP  bo‘lib,  magistralda  kechadigan  ma’lumotlar 
almashinuvining barcha sikllarini qo‘zg‘atadi. 
Biroq, shunday holatlar ham joizki, bunda ayni bitta magistralda bir nechta 
faol qurilma bo‘lib, ular ayni bir xotira va kiritish- chiqarish bloklari bilan ishlashi 
darkor  bo‘ladi.  Boshqa  faol  qurilma  ma’lumotlarni  magistral  bo‘ylab  uzata  olishi 
uchun MzPni vaqtincha dezaktivatsiya qilish zarur bo‘ladi. Bu maqsadda aksariyat 
zamonaviy  mikroprotsessorlar  "bevosita  xotiraga  kirish"  (BXK)  deb  nom 
berilgan  rejimda  ishlay  oladi.  Ushbu  rejim  amalga  oshishi  uchun  CB  ga 
qo‘shimcha HOLD va HLDA signallari kiritiladi. CB boshqaruv shinasining kirish 
qismiga HOLD ning faol sathi yetib kelganida mikroprotsessor o‘z dasturi ishining 
ijrosini  to‘xtatadi,  shinalarining  chiqish  qismlarini  yuqori  impedan  holatga 
o‘tkazib,  chiqish  qismidagi  faol  sathni  HLDA  ga  havola  etadi.  Bu  esa,  o‘z 
navbatida,  magistral  bo‘ylab  almashinish  siklini  boshlash  mumkinligi  haqida 
boshqa  faol  qurilma  uchun  signal  xizmatini  o‘taydi.  Ushbu  qurilma  o‘z 
almashinish  sikllarini  nihoyasiga  yetkazgach,  HOLD  signalini  uloqtirib  yuboradi. 
Shundan so‘ng MzP o‘zining odatiy holatiga o‘tib, dastur ishini davom ettiradi. 
MzPdan  dastur  ishining  me’yoriy  kechishini  o‘zgartirish  talab  etiladigan 
boshqa ish rejimi ham mavjud bo‘lib, unga "uzilish" deb nom berilgan. Zamonaviy 
mikroprotsessorlarning deyarli hammasi bitta yoki bir nechta INT0, INT1 va h. k. 
nomlanadigan  tashqaridan  uzib  qo‘yadigan  kirish  qismlariga  ega.  Ushbu  kirish 
qismlariga tizimda muayyan hodisalar ro‘y berayotganligi haqida dalolat beruvchi 
signallar yetib keladi. MzP esa, o‘z navbatida, kelgan signallarga muayyan tarzda 


munosabat  bildirishi  lozim.  Bunday  kirish  qismlaridan  biriga  faol  sathli  signal 
yetib  kelganida,  mikroprotsessor,  me’yoriy  tarzda  kechayotgan  dastur  ishi  uzilib, 
ishni to‘xtatishga sabab bo‘lgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va muayyan 
manzil  bo‘ylab  CSEGga  yozilib  qolgan  "uzilishga  ishlov  berish  kichik  dasturi"ni 
(TQIKD) bajarishga kirishadi. Bunday kichik dastur manzili "uzilish vektori" deb 
nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida 
manba  o‘z  uzilish  vektoriga  ega.  TQIKDni  bajarib  bo‘lgach,  protsessor,  xotirada 
saqlangan  manzil  bo‘yicha  TQIKD  ijrosi  yakunlanadigan  maxsus  komandaga 
binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo‘lgan 
manbalar  jumlasiga  ichki  manbalar  ham  (ya’ni,  mikrosxemaning  "uzilish 
so‘raladigan  kirish  qismlari"  deb  nomlanadigan  kirish  qismlaridan  biriga  kelishi), 
tashqi  manbalar  ham  (ya’ni,  muayyan  sharoitlarga  ko‘ra  protsessor  ichida 
generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir nechta turlicha uzilish 
so‘rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday so‘rovlarning har biriga alohida xizmat 
ko‘rsatish  izchilligini  belgilaydigan  muayyan  tartib  mavjud.  Uning  ishini  MzP 
ichida  yoki  maxsus  kontoller  vositasida  joriy  etilgan  "uzilishlarning  ustuvor 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish