Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Protsessorlarning asosiy parametrlari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/243
Sana03.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#315863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243
Bog'liq
kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy taminoti

Protsessorlarning asosiy parametrlari

 
Tezlik 
—  bu protsessorning hususiyatlaridan biri  bo‘lib,   uni  ko‘p  hollarda 
turlicha  talqin  qilinadi.    Ushbu  bo‘limda,  umuman,    protsessorlarning  tezligi  va,  
hususan, Intel   protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning 
tezligi,  odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 
U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan,  kvars 
kristali  bo‘lgan,  kvars  rezonatorining  parametrlari  orqali  aniqlanadi.  Elektr 
kuchlanishi        natijasida  kvars  kristalida,    kristalning  shakli  va  o‘lchami  orqali 
aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi 
tokning chastotasini 
takt chastotasi
 deb ataladi. 


Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida 
ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda,  ya’ni sekundiga 
million siklda o‘lchanadi. 1-rasmda sinusoydali signalning grafigi ko‘rsatilgan  
 
 
1-rasm.Takt chastotasi tushunchasining grafik tasviri 
 
Mantiqiy  qurilma  sifatida  protsessor  uchun  vaqt  o‘lchamining  eng  kichik 
birligi 
takt  chastotasining  davri
  yoki  oddiygina 
takt
  bo‘ladi.  Har  bir  operatsiyaga 
minimum  bitta  takt  sarf  qilinadi.  Masalan,  Pentium  II  protsessori  xotira  bilan 
ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta kutish sikli kerak bo‘ladi (
Kutish 
sikli
,  bu  hech  narsa  sodir  bo‘lmaydigan  takt;  u  protsessor  tezligi  quyi  bo‘lgan 
kompyuterning boshqa tugunlaridan oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir).  
Buyruqlarining  bajarilishiga  ketadigan  vaqt  ham  o‘zgaruvchandir.  8086  va 
8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 
va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha  4,5 takt atrofida, 
486 da esa 2 taktgacha kamayadi. 
Pentium  protsessorida  ikkita  parallel  konveyer  va  boshqa  turli  usullardan 
qo‘llanish,  o‘rta  statistik  buyruqning  bajarilish  vaqtini  1  taktgacha  qisqartirish 
umkonini  tug‘dirdi.  Pentium  Pro,  Pentium  II/III,  Celeron  va  Xeon,  shuningdek 
Athlon/Duron  protsessorlarida  bir  taktda  eng  kami  bilan  uchta  buyruq  bajariladi. 
Buyruqlarning 
bajarilishi 
zarur 
bo‘lgan, 
taktlarning 
turli 
miqdori, 
kompyuterlarning  samaradorligini  ularning  takt  chastotasiga  (  ya’ni  sekundiga 
taktlarning soni)  asoslanib taqqoslashni mushkullashtiradi. Nima uchun bir xil takt 
chastotasida  protsessorlardan  bittasi  boshqasidan  tezroq  ishlaydi?  Sababi,  uning 
unumdorligi    486  protsessori    bilan  taqqoslaganda  yo‘qori  tezlikka  ega,  chunki 
buyruqni bajarish uchun unga 386 ga qaraganda o‘rtacha  ikki marta kam takt talab 
qilinadi. Pentium protsessori uchun esa 486 ga qaraganda ikki marta kam bo‘lgan 
takt  zarur  bo‘ladi  .Shunday  qilib,  133  MGts  (AMD  5x86-133  tipdagi)  takt 
chastotali 486 protsessori, 75 MGts takt chastotali Pentiumga  qaraganda sekinroq 
ishlaydi!    Pentium  bir  turdagi  chastotada  486ga  qaraganda    ikki  marta  ko‘p 
buyruqni  bajaradi.  Pentium  II  va  Pentium  III  lar        Pentium  protsessoridan  ular 


ishlayotgan  chastotada  taxminan  50%  tezroq  ishlaydi,  chunki  aynan  shu 
miqdordagi  sikl davomida ular ko‘proq buyruqlarni  bajaradi. 
Protsessorlarning  nisbiy  samaradorligini  taqqoslay  turib,  1  000  MGts  takt 
chastotasida  ishlovchi  Pentium  III  protsessorining  unumdorligi,  nazariy,  1  500 
MGts chastotada ishlovchi Pentium protsessorining unumdorligiga teng, u esa  o‘z 
navbatida      3  000  MGts  takt  chastotasida  ishlovchi  486  protsessorining 
unumdorligiga,  u  esa    6  000  MGts  chastotada  ishlovchi  386  yoki  286 
protsessorlarining,  yoki    12000  MGts  takt  chastotasida  ishlovchi  8088 
protsessorining  unumdorligiga  teng  ekanligiga  ishonch  hosil  qilamiz.Agar  8088 
protsessorli  dastlabki  PC    4,77  MGts  ga  teng  bo‘lgan  takt  chastotasida 
ishlaganligini  e’tiborga  oladigan  bo‘lsak,  hozirgi  kompyuterlar  ular  bilan 
taqqoslaganda  1,5  mingdan  tezroq  ishlaydi.  Shuning  uchun,  kompyuterlarning 
samaradorligini  takt  chastotasiga  asoslanib  taqqoslash  mumkin  emas;  tizimning 
unumdorligiga boshqa faktorlar ham ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish zarurdir.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish