DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka
yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda
fayllarni o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa
olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini
alohida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar
bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan
parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo‘lishi
bilan OTlar xam o‘zgardi. qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab emas,
balki yuzlab, xatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli
fayllar nomida xam anglashilmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Ana shunda
DOTlar xam ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo‘luvchi va
ushbu kataloglarga xizmat ko‘rsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni
ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday kilib,
disklarda faylli struktura paydo buldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish
vazifasi esa OTga yuklanadi. qattiq disklar yanada katta o‘lchamlarga ega bo‘lishi
bilan OT ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lishni xam «o‘rganib» oldi.
Ular bir yangi paydo bo‘layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan
yanada yaxshi, unumliroq foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan
ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi
MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish
bosqichlarini bosib utdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi
«vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda
kompyuterga yakinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar
xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar)
yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda
ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT-
tarmoq
operatsion tizimi
deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni
ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat
ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha
utilit
lar deb atashadi.
Utilit
lar
- bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshkalar)
mo‘ljallangan dasturlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: