§ asosiy xotira sig’imi 64 dan 10000 Mbaytgacha bo’lgan;
§ tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam bo‘lmagan;
§ ko’p(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning uzida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchiga xizmat qiladi).
1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo‘lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi tarakkiyot, boshqa tamondan katta EHM reurslarining taqchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi.1969-yilda kashf etilgan mikroprotsessor(MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmoqda.
- SERVERLAR. EHMlarnig alohida jadal rivojlanayotgan guruhini hisoblash tarmoklarida ko‘p foydalanuvchi tomonidan foydalanadigan kompyuterlar serverlar hosil qiladi. Server (Server) - Bu tarmoqning barcha ishchi stantsiyalar surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan surovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u Bu stantsiyalarga umumiy tizim resurslariga (Hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va boshqalarga) murojaat etish imkonini beradi va Bu resurslarni taqsimlaydi. Server uzining tarmoqli operatsion tizimiga ega bo‘lib, tarmoq barcha bo’g‘inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o‘tadi. Serverga qo‘yiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorligini va ishonchligini ajratib o‘tish lozim.
Ishchi stantsiyalarga tarmoq resurslarini taqdim etishdan tashqari, serverning o‘zi ham mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlarni mazmunli kayta ishlashni bajarish mumkin-bunday serverni kupincha qo’shimcha(ilovali) server deb atashadi. Server tarmoqda ko‘pincha ixtisoslashtiriladi.Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko‘p adressli faksimal aloqa va elektron pochtani qo‘llash, ko‘p foydalanuvchili terminlarni (printerlar, plotterlarni va boshqalar) boshqarish bo‘yicha tarmoq ishidagi eng zaif joylarni bartaraf etish uchun ishlatiladi.
Superkompyuterlar . Superkompyuterlar(EHM) sekundiga 100 milliondan 10 millardgacha operatsiyani tezkor bajaruvchi qudratli ko‘p protsessorli hisoblash mashinasidir.Superkompyuterning 2000-yildagi namunaviy modeli, ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi xusuyatlarga ega bo‘lishi lozim:
§ Taxminan 100000 MSLOPS (erkin vergul ustida sekundiga million operatsiya) tezlikda ishlovchi yuqori paralell ko’p protsessorli hisoblash tizimi;
§ Sig’imi: operativ xotira 10 Gbayt, diskli xotira 1-10 Tbayt (1Tbayt-1000 Gbayt);
Do'stlaringiz bilan baham: |