Eng so‘nggi tekshirish - Eng so‘nggi tekshirish
- Yuklashdan avval quyidagilarni tekshirish zarur:
- Ona platadagi elementlarning konfiguratsiyasi: protsessor uchun barcha sozlashlar to‘g‘rimi?
- Disk yurituvchilar uchun amper ko‘rsatmalari, yetakchi/tobe to‘g‘ri bajarilganmi?
- Protsessor, RAM modullari va kiritilayotgan kartalar o‘z ulanish joylariga mustahkam o‘rnashganmi?
- Barcha kabellar ulanish joylariga kiritilganmi? Ular joyiga yaxshi o‘rnashganmi?
- Kiritilgan kartalardagi barcha vintlar tortilganmi va hamma qisqich qo‘yilganmi?
- Barcha disk yurituvchilar mustahkamlanganmi?
- Barcha kabellar disk yurituvchilarga ulanganmi?
- Shundan so‘ng tokni ona plataga ulash, shaxsiy kompyuterni ishlatish, platani testlash va zarur dasturiy ta’minot va drayverlarni o‘rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |