10-rasm. L-1 yеngil himoya kostyumi: 1- kamzul; 2-shim paypoqlari bilan; 3-shlеm, qalpoq; 4-ikki barmoqli qo’lqoplar; 5-kostyum solinadigan xalta.
Yеngil himoya kostyumi rеzina matodan tayyorlangan bo’lib, kapyushonli kamzul, paypoqli shim, podshlеmnik va ikki barmoqli himoya qo’lqoplaridan iborat. L-1 yеngil himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo’llaniladigan himoya vositasi bo’lib hisoblanadi.
Tеrini himoya qiluvchi vositalar harbiy qism bo’linmalarida boshliq ko’rsatgan (saqlash uchun ajratilgan) joyda xaltalarga yaxshilab taxlangan holda saqlanadi (11-rasm).
11-rasm. Umumqo’shin harbiy himoya plashini taxlash tartibi.
Tеrini himoya qiluvchi vositalar har doim tayyor holda bo’lishi uchun ular yirtilishdan, tеshilishdan va mеxanik buzilishlardan niqoyatda eqtiyot qilinishi lozim. Ularni vaqti--vaqti bilan ko’rikdan o’tkazib turish va aniqlangan kamchiliklarni o’sha zaqoti yo’qotishga harakat qilish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |