Shaxsi umumlashgan gap
Shaxsi umumlashgan gaplar. Egasi konkret bo‘lmagan, kesimi orqali ifodalangan harakat umumga qaratilgan gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi odatda ikkinchi shaxsning birligi formasidagi fe’l bilan ifodalanadi. M: Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Hikmatli so‘zlar va xalq maqollari odatda ko‘proq shaxsi umumlashgan gaplar tipida bo‘ladi. Bunday gaplarda konkret shaxs ko‘zda tutilmaydi, balki harakatning hamma shaxs uchun taalluqli ekanligi ma’nosi anglatiladi. Mas: Yer haydasang kuz hayda – kuz haydamasang yuz hayda. Yaxshi so‘zga quloq sol, yomon so‘zga o‘roq sol.
4. Shaxssiz (shaxsi topilmas) gaplar. Egasi bo‘lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Shaxssiz gaplar shaxsi ko‘rsatilmaydigan ish proseslarini ifodalaydi.
Shaxssiz gaplar eganing ifodalanmasligi bilan emas, balki umumiy uning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Mas: Hurlik uchun yig‘lash emas, kurashish kerak.
Shaxssiz gaplarning kesimlari quyidagicha ifoda qilinadi.
To‘g‘ri kelmo‘q fe’lining turli shakllari bilan: endi ko‘p qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keladi.
Vaqt anglatuvchi so‘zlar, son yoki ko‘p ancha singari ravishlarning bo‘lmoq, to‘lmoq, o‘tmoq, oshmoq, fe’llari bilan birikib kelishi bilan. Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Yigit ekib tamomlaganiga besh kun bo‘ldi.
Harakat nomi va kerak, lozim, zarur yoki mumkin so‘zlaridan tashkil topgan birikmalar bilan: Bu ishga ertaroq kirishish kerak dedi rais. Kutubxonadan kerakli kitoblarni olish lozim.
4. –b, -ib qo‘shimchalari ravishdosh va turli shakldagi bo‘lmoq fe’lining birikib kelishi bilan: Bu xatni mazmunini birovga aytib bo‘lmaydi. Bunaqangi qishloqni Farg‘ona vodiysida ham topib bo‘lmaydi.
Fe’lning majhullik nisbati bilan: Bugin kinoga boriladi. Sizning ketishingizga ruxsat berildi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap atov (nominativ) gap ham deyiladi.
Narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo‘li bilan ko‘rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so‘zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |