Mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi psixologik omillar. - Mehnat unumdorligi uning moddiy natijalari va bu natijalarning mehnatkash psixikasiga ta`siri bilan aniqlanadi. Mehnatdan foyda qanchalik ko`p bo`lsa, u shunchalik kuchli ruhlantiradi. Ruhlangan odam tetik va faoldir. U ishda o`zining barcha qobiliyatlaridan maksimal ravishda foydalanadi, uning psixik jarayonlari o`tkirlashgan bo`ladi. Bular o`z navbatida, faoliyatning muvaffaqiyatli bo`lishini ta`minlaydi, yuqori mehnat unumdorligiga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday faol mehnat inson psixikasida mehnat uchun zarur bo`lgan barcha shaxsiy sifatlarni tarkib toptiradi va mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |