Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik harakteristikasi
Psixologlarning fikricha (G. Asmolov, P. SHixerev, V. A. YAdov, P. NadiraShvilli va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo`lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o`zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo`ladi.
Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ruebga chiqarish sharoitida faolllik kursatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik sifatlarda ko`ramiz. Ya`ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o`zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo`ladigan hamda muloqotda ko`rinadigan sifatlar guruhida bo`linadi. Masalan, tashki muxit bilan faol munosabat perseptiv ximoya sifatlari, ya`ni o`ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo`lgan ijtimoiy ta`sirlardan ximoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba`zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari "ijtimoiy ta`sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik".
Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik harakteristikasi to`g`risida gap ketarkan uning fanda ko`pincha "Shaxs taraqqiyoti" yoki "Tarbiyasi" tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e`tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo`lib, aytib utilgan tushunchalardan fark qiladi. Sotsializatsiya - bu individning ijtimoiy muxitga qo`shilishi, ijtimoiy ta`sirlarni o`ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borish jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta`sirlarni kabo`l qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o`z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon bo`ladi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro`y beradi, chunki individda shaxs bo`lishiga extiej hamda shaxs bo`lishiga imkoniyat va zururiyat bordir. Shuning uchun ham bola tugilib, ijtimoiy muxitga qo`shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo`lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonni kuzatish mumkin (masalan, chakaloklardagi bevosita emotsional muloqotda extiejning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o`z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxs sotsializatsiyasi, yo`qorida ta`kidlab utganimizdek, bola tugilishi bilan boshlansada, sezilarli, samaradorlik nuktai nazaridan uning bosqichlari farklanadi. Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yesh davri hamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o`ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashki ijtimoiy muxit, ijtimoiy ta`sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayorgarlik borasida muhim bosqichga utiladi. Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog`liq bo`lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta`sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo`lib, aniq hayot Yo`lini tanlagan, turmush kurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo`ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir. Nixoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi davr bo`lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan sung karilik gashtini so`rayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko`ra shaxs strukturasida ham xususiy o`zgarishlar ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |