Chaqaloqlik davri - gug’ilgandan bir oylikkacha;
Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 oshgacha;
Maktabgacha Ta’limdan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;
Maktabgacha Ta’lim davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha; ;
Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;
Katta maktab yoshi davri~15 yeshdan 18 yoshgacha.
Psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Krutetskiy insonning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
Chaqaloqlik (tugilgandan 10 kunliqkacha);
Gudaklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); ,,
Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
Bogchagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha);
Bogchl yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);
Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 oshgacha);
O’emirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);
Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yogadai 18 yoshtacha).
Yuqoridagi har ikkala tasnif puxtaligidai, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotani •1-o’la ifodalab berishta ojizlik qiladi.
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllaniti bosqichlari haqida ko’proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, stuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyailari to’grisida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi. SHunga q;famay ular o’rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi;
1. Ilk bolalik (maktabgacha Ta’lim yoshidan oldingi davr) -
tug’ilganidan 3 yoshgacha.
Bogcha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha.
O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha.
Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17
yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har ikkala yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishy ehtimoldan holi emas.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o’zgarigpi, Ta’lim va Ta’lim shakllarining o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat ^urlari, organizmdagi ayrim Xo’susiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin.
Hozirgi zamon nsixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |