Shaxs reja: Shaxs haqida tushuncha. Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari Shaxsning faolligi



Download 429,5 Kb.
bet4/5
Sana21.05.2022
Hajmi429,5 Kb.
#606108
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-шахс ma'ruza

Mazmuniga ko’ra: shaxsiy va ijtimoiy;

  • Maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita;

  • Ko’lamiga qaraganda: keng va tor;

  • Qiziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar.

    Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob’ektlari qaysilar, bilimning mazkur faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar.
    Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma’nosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati mots tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishini faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab yetish uchun qiziqarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta’lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub’ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta’lim jarayonini ongli tashkil etish yetakchi va ustuvor rolь o’ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l-yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
    Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. SHunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga, fanlarga, ob’ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta’sir etishi mumkin emas, Qiziqishning torligi ko’pincha salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo etadi.
    Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, ob’ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz saqlab tura oladi. SHu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
    Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi hulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod-shaxsning o’z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
    Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan masala ko’rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.



    Download 429,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish