Shaxs kamolotida kitobxonlikni o'rni navoiy davlat pedagogi



Download 44,48 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi44,48 Kb.
#225122
Bog'liq
3902-Article Text-9596-1-10-20200815



SHAXS KAMOLOTIDA KITOBXONLIKNI O'RNI

Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti t.f.n.R.M.Qarshiyev

ANNOTATSIYA




Ushbu maqolada, davlatimiz rahbari farmon, qaror va farmoyishlarida belgilangan vazifalar, bir tomondan, azaldan kitobsevar xalqimiz, shu jumladan yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan hozirgi zamon talablari dararajasida juda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilganligi togrisida to‘talib o‘tilgan.

Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan

tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi.

O’zbek oilasi kitobxonlikda o’z an'anasiga ega. Chunki, oila yosh avlodni kitob vositasida tarbiyalashda o‗ziga xos milliy tajribaga ega. Qadim-qadimdan va hozirga qadar o’zbek oilasida kitob muqaddas sanalgan. O’zbek xonadonida kitob nondan keyin e'zozda tutiluvchi ma'naviy mulk hisoblangan. Mustaqillik davriga kelib o’zbek oilasida kitobxonlik darajasida erkinlik va rivojlanish ko’zga tashlana boshladi. Bu esa yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashning asosini bilim tashkil etishi, shuningdek, bilim olish jarayoni, ma'rifiy va ma'naviy tarbiyaning bevosita kitob bilan bog’liqligida o’z ifodasini topgan.



"Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni oʻqish, oʻqitish yetarli darajada emas. Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik- kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob oʻqishga qaytadi",-deya ta’kidlab o’tgan mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev.

Kitobga bo’lgan qiziqish uzoq o’tmishdan asrlar osha bizga ajoyib meros bo’lib yetib kelgan. Tarixdan bizga ma'lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi juda erta, ya'ni 3-4 yoshdan boshlangan, kitob mutolaa qilishga, enagalari (tarbiyachilari) yordamida ertaklar, dostonlar, qissalar, rivoyatlar, hikmatli so’zlarni tinglashga, kitob bilan do’stlashishga ahamiyat berganlar. Shuning uchun bo’lsa kerak buyuk allomalarimiz ham olim, ham shoir, ham san'atkor, ham ijodkor, bir so’z bilan aytganda har tomonlama yetuk bilimli va komil inson bo’lib tarbiyalanganlar. Kitob yosh avlodga ta'sir etishning eng qulay vositasidir, u inson his tuyg’usiga, axloqiga, hatti-harakatiga, dunyoqarashiga ta'sir etadi, ayniqsa, o’quvchi yoshida, ya'ni uning shakllanish davrida alohida mavqega ega. Badiiy adabiyot, turli fanlarga doir qiziqarli kitoblar, lug’atlar, ma'lumotnomalar yoshlar ma'naviyatini shakllantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Kitob mutolaasidan o’tgan inson, undan o’ziga xulosa chiqaradi. Natijada o’z bilimini, dunyoqarashini kengaytiradi. Bilimli, savodli, madaniyatli, jismonan baquvvat, ma'naviy yetuk, ruhan tetik va e'tiqotan mustahkam inson bo’lib yetishadi.

Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek go‘zal va farovon hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi. Bundan tashqari 2019 yil 19 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan beshta muhim tashabbus g’oyasi ilgari surildi.



Ushbu tashabbusga ko’ra oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo’yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o’tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda

xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.” Xalqimiz tilida ham kitob o’qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug’ullanish, kasb-hunar o’rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko’p. Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo’lchi yulduzdek to’g’ri yo’lni ko’rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo’lishining muhim omili–bu kitobga do’st bo’lish, hamisha kitob o’qish va kitob mutolaasini umr bo’yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o’rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.Bu haqda so’z borganda, istiqlol bizga kitobxon xalq degan azaliy yuksak mavqeimizni nafaqat qaytarib bergani, ayni chog’da, bu boradagi intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili ham bo’lganini ta’kidlash lozim. Binobarin, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag’batlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy



tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi”.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 12


yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada
keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017 yil 13 sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-3271-sonli qarorning qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham
yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish borasida katta o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Shu munosabat bilan kitob chop etish va tarqatish, kitob xarid qilish sohasidagi jiddiy kamchilik va muammolarga yechim topildi, kitobxon jamiyatni tarkib toptirishga, ma’naviy- ma’rifiy taraqqiyotga ildam qadam tashlandi.

Eng muhimi, yurtimizda noshirlik va matbaa ishlarini rivojlantirishga, matbaa korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida kitob mahsulotlarini chop etish ko’lami va sifati tubdan oshdi. Buning natijasida bugungi kunda kitobxonlar qo’liga yetib borayotgan kitoblar ham shakl, ham mazmun nuqtai nazaridan davr talablariga, demakki yurtdoshlarimizning zamonaviy estetik didiga to’la javob beradi, deyish mumkin.

Mazkur farmoyish va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ularning bo‘limlarida qarorda belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi asosida rejali va maqsadli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila”, yoki ta’lim maskanlarida ham bu kabi tanlovlarining tashkil qilinishi va g‘olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg‘alar bilan



taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o‘zbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Mamlakatimizda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida har yili respublika “Kitob bayrami” tadbirlarini o’tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Aytish joizki, u shbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir davlatimiz tomonidan adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz, jumladan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o’rtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga bo’lgan ehtiyojini to’liq qoplashda o’z samaralarini bermoqda. Shu bilan birga, Prezident Farmoyishida ushbu muhim soha rivoji bilan bog’liq aholi, xususan, yoshlar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligi qayd etilgan. Bu kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy takliflar tayyorlash ko’zda tutilmoqda. Xususan, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilangan. Dastur loyihasini tayyorlaydigan ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlangan. Farmoyishda, avvalambor, badiiy, ma’rifiy, ilmiy- ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o’ylangan tizim asosida tashkil etilmaganiga jiddiy e’tibor qaratilgani nihoyatda muhimdir.

Globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shunchalik singib ketdiki, nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki



ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalarining bu qadar jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Bugun jahondagi ko’pgina bosma nashrlarning adadi kamayib, ularning onlayn versiyasi ko’proq o’qilmoqda. Dunyoning eng boy kutubxonalarida saqlanayotgan bosma manbalarning aksariyati elektronlashtirib bo’lindi. Bu jarayonlar mamlakatimizdagi kutubxonlarda ham izchil kechmoqda. Ayni chog’da, elektron kitob qurilmalari ishlab chiqarish kun sayin o’sishi natijasida mahsulot narxi arzonlashib, ulardan foydalanish imkoniyatlari esa kengayib bormoqda. Avvallari bunday qurilmalarda maxsus formatdagi kitoblarnigina o’qish mumkin edi, endilikda ularda surat va video tomosha qilish, audiomateriallar eshitish funksiyasi ham mavjud. Zamonaviy elektron qurilmalar hatto dangasaroq o’quvchilar uchun kitob matnini o’zi o’qib beradi. Shu tariqa narxi arzon, foydalanish uchun qulay, kam joy band etadigan va beziyon virtual kitoblarning tobora ommalashib borayotgani, o’z-o’zidan, “Qog’ozda chop etilgan kitoblarning kelajagi bormi?” degan haqli savolni keltirib chiqarayotgani ham sir emas.

Shu o’rinda istiqlol arafasida va mustaqilligimizning dastlabki davrida ayrim yurtdoshlarimizda kitobga, kitobxonlikka qiziqish bir qadar susaygan vaqtlar bo’lganini eslaylik. Hozirgi paytda yurtimizda kitobxonlik, kitobsevarlik fazilati yana yuksalib bormoqda. “Kitob javoni – haqiqiy ziyolining eng ardoqli davlati”, degan an’ana qaytadan urf bo’lmoqda. Aytmoqchimizki, Internet va boshqa vositalar jadal rivojlanayotganiga qaramay, insonning ong va tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ’ib etishda bosma kitobning o’rni bundan keyin ham saqlanib qolaveradi. Binobarin, kitob asrlar davomida axborot saqlovchi eng samarali vosita vazifasini bajargan. Qolaversa, m ing yil oldin Samarqand qog’ozida bitilgan qo’lyozmalar hozir ham insoniyatga ma’rifat nurini sochmoqda.

Zero, kitob — qalb chirog’i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo’lmaydigan o’ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo’’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko’ngil


cheksiz zavqqa to’lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o’zgachadir.

Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, «Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». SHu ma’noda, shaklidan qat’i nazar, barcha kitoblar milliy o’zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatni ertangi kunini o’ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so’zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda, Farmoyishda noshirlar va adiblarni moliyaviy rag’batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy
imtiyozlar berish va moddiy qo’llab-quvvatlash tizimini shakllantirish nazarda tutilgani ham juda muhim, deb hisoblaymiz.

O’z navbatida, el-yurtimizga azaliy xos bo’lgan odamiylik, insonni qadrlash, mehr-oqibat, bag’rikenglik kabi oliyjanob qadriyatlar, insonparvarlik, xalqparvarlik va vatanparvarlik kabi yuksak tamoyillar zamondoshlarimiz qo’liga yetib borayotgan kitoblarning ahamiyati hamda qadrini yo’qotmaydigan bosh mavzulari bo’lib qolaverishiga ishonchimiz komil. Shu o’rinda xalqimiz orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish hamda kitobsevarlik an’analarini rivojlantirishda 2 aprelda nishonlanadigan “Bolalar kitoblari xalqaro kuni”, 1995 yili YUNESKO konferensiyasida qabul qilingan


“23 aprel – Butunjahon kitob va mualliflar huquqlari kuni”, “14 fevral – Kitoblar sovg’a qilish xalqaro kuni” kabi dunyo miqyosida nishonlandigan sanalar albatta mamlakatimizda kitobxonlikni yanada rivojlanishiga turtki bo’lmoqda.

Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog’liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo’l keladi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga o’xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatnint



chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro’y berib turadigan ayrim nohushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o’qimaslikning achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo’rt qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o’qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq insoniyatning ming-ming yillar davomida qo’lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o’zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, odob va axloq manbai bo’lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko’ra qudratliroq vosita yo’qdir!

Shuning barobarida, ota-onalar muntazam ravishda o’z farzandlarini kitob do’konlariga olib borishlari, ularning kutubxonaga qatnashini rag’batlantirishlari darkor. Kitob sovg’a qilish an’anasini keng joriy qilish kerak. Hozirgi kunda


yurtdoshlarimiz orasida bayram, to’y va tug’ilgan kunlarda kitob sovg’a qilish ommalashib borayotgan bo’lsa-da, ayrimlar haligacha kitob hadya etishdan or qiladi, uyaladi. Vaholanki, kitobdan ulug’ sovg’a bormi?!

Ma'naviyatning birinchi va eng muhim mezoni ham har bir kishining


o’qimishli, intellektual rivojlangan shaxs bo’lib yetishishiga ko’p jihatdan
bog’liq. Ma'lumki kitobxonlik faqat ko’p o’qish bilangina belgilanmaydi. Unda avvalo o’qigan kitoblari vositasida ezgu xarakter, ezgu xulq-odob, sog’lom dunyoqarash, sog’lom turmush tarzi, ijtimoiy faollik shakllangandagina amalga oshadi.

Download 44,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish