Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan yo`naltirilgan.
Hamkorlikdagi faoliyat emas, to`da bo`lib yurish, biologik maqsadlar (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan.
Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi
Irsiy jihatdan mustahkamlangan instinktlar asosidagi xatti – harakatlar, ko`nikmalar yakka tartibda hosil bo`lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo`ladi
Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi
Kishilik jamiyati hamkorlikdagi faoliyat asosida tashkil topgan har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatda ahamiyatlidir.
Tajribani berish va o`zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar yarata oladi
Tashqi muhitga moslashadi
O`z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o`zgartiradi
Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi. Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi.
Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi bu – o`yin faoliyatidir. Bolalarda o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.
O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. , ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir, u jismoniy va aqliy turlarga bo`linadi.