FAOLIYATNING ASOSIY TURLARI. O`YIN
Hayotining birinchi yillaridayok bolada faoliyatning oddiy shakllarini
o`zlashtirishi uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan
birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Ma`lumki, o`yin faoliyatini hayvonlarning
bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ularning turli xildagi xarxashalaridan, urishishni
taqlid qilishi, u yoqdan - buyoqqa chopishi va hokozolardan iboratdir. Hayvon
bolalarining o`yin jarayonidagi kiligini avvalo ularning organizmidagi faoliyatga,
jamlangan kuch - kuvvatni sarflashga bo`lgan ehtiyojni qondirishi deb qarash
mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynidan o`ynaydigan sherigidan
mahrum etib qo`yilsa, keyinchalik uning qo`zg`alishi va o`yin faoliyati keskin
kuchayadi, ya`ni tegishli kuch quvvat to`plangani kabi hodisa ruy beradi. Bu
hodisa "o`yinga to`ymaslik" deb ataladi.
O`yin faoliyati bilan organizmda kuch - quvvat almashinuvi o`rtasidagi
bog`lanish o`yinga nisbatan mayilning tug`ilishiga olib keladi. Lekin o`yin
faoliyati ruyobga chiqaradigan chiqaradigan fe`l - atvor shakllari qanday va
qaerdan paydo bo`ladi? Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki ularning ba`zi birlari,
masalan, mushukchadagi "sichkon ovlash" ishtiyoki hayvonning tug`ma instinktiv
harakatlari jumlasiga kiradi. Boshqa bir xillari esa, masalan, shimpanze bolasining
katta yoshdagi maymunlar va odamlarning harakatlarini takrorlashi taqlid qilish
orqali yuz beradi. Uchinchi bir xili tevarak - atrofdagi olam bilan o`zaro birgalikda
harakat qilish jarayonida hayvonlarning o`zlari tomonidan topiladi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga
chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi.
Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy
usullari va amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va
katta yoshdagilar raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy shakllari zamirida
rivojlanib boradi.
Bola o`z tajribasida qurol buyumlar bilan bir vaqtning o`zida boshqa
turdagi buyumlar - o`yinchoqlarga duch keladi. O`yinchoqlarni ishlatishning
insoniy usuli - o`yin, yana ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va
harakatlarning ifoda etishdir. Katta yoshdagilar bolalarni o`yinchoqlardan ana shu
tarzda foydalanishga o`rgatadi. Ular bolaga kugirchokka qanday suv ichirilishini,
uni qanday qilib tebratish kerakligni, sayr qildirishni, o`yinchoq ayik bolasini
qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash kerakligini ko`rsatishadi
va hokozo.
Lekin bolada o`yinchoqqa nisbatan "haqiqiy" buyumning tasviri sifatidagi
munosabatning o`zi o`yin faoliyatiga faqat SO`Z aralashuvi munosabati bilan hosil
bo`ladi. Bola so`zning ahamiyatini amaliy harakatlar orqali yoki katta
yoshdagilarning harakatlarini kuzatish natijasida o`zlashtirib olgan holda SO`Z
bilan birgalikda bu harakatlarni o`ynaydigan buyumlariga ko`chiradi. Bu o`rinda
o`yin faoliyati buyumning ahamiyatini belgilaydigan harakatlarni o`sha buyumning
o`zidan ajratishdan va bu harakatlarni boshqa buyumga - o`yinchoqka
ko`chirishdan iborat bo`ladi. O`yin faoliyati tufayli so`zning ahamiyatini
buyumning tashqi ko`rinishidan amalda ajratiladi va bu mohiyat buyum ustidagi
harakatlar bilan, uning kishi faoliyatidagi vazifasi bilan bog`lanadi. Buyumlarga
bo`lgan munosabat odamlarning buyumlarga nisbatan funktsiyalari sifatida
nomoyon bo`la boshlaydi. Rolli o`yinlar paydo bo`ladi. Rolli o`yinlarda bola katta
yoshdagi kishilarda o`zi kuzatgan ijtimoiy funktsiyalarini, ularning shaxs sifatidagi
xulq - atvorini aynan takrorlaydi. Jumladan, ikki yashar qizcha qo`g`irchoqni
ovqatlantirar ekan, OVQAT edirish o`yini bilan ovora bo`lsa, to`rt yoshar bola
qo`g`irchoqni ovqatlantirayotganda kizini ovqatlantiradigan ona bo`lib o`ynaydi.
Bunda o`yin mazmuni konkret harakatlarni tasvirlashdan odamlar o`rtasidagi
munosabatlarni tasvirlashga tobora ko`proq ko`chiriladi. Bunda bola narsalarning
hatti-harakatlari u foydalanayotgan narsalarning xususiyatlari bilan emas, balki
ularning vazifalari haqidagi tasavvurlar bilan boshqariladi. Boshqacha qilib
aytganda, bolada o`z hatti-harakati o`yinning sosial roli va unga tegishli harakatlar
haqidagi tasavvurlar bilan boshqarish qobiliyati tarkib topadi. Bola rolli
o`yinlarning rivojlangan bosqichiga kelib, boshqa bolalar bilan o`zaro
munosabatga kirishadi. O`yin paytida rollarni taqsimlab, qabul qilingan rollarga
mos holda bir-birlariga murojat etib, bolalar sosial hatti-harakatlarni, o`z
harakatlarini jamoa talabiga buysundirishni bilib oladi.
O`yinlarning navbatdagi bosqichida - QOIDALI O`YINLARDA - ish-
harakatlarning mazkur hislatlari yanada rivojlanadi. Lekin endilikda ish-harakatlar
abstrakt talablar yoki qoidalar asosida bajariladi. Aslini olganda bu o`rinda
o`yindan xulosa boshlanadi. Ijtimoiy belgisiga ko`ra u o`yinga o`xshab qolsa ham
(faoliyat hali ham foydali mahsulot bermaydi), lekin psixologik strukturasiga
ko`ra, faoliyat mehnatga (maqsad faoliyatning o`zi emas, balki uning natijasiga
qaratilgan) va o`qishga (maqsad o`yinni o`zlashtirishdan iborat) yaqinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |