1. Harakatlarning ijro etilishi usullari o`zgaradi. Bunga qadar o`z xolicha
yuz berib kelgan qator juz`iy (yoki alohida) harakatlar yagona jarayonga aylanadi.
Uning tarkibiga kiruvchi alohida sodda harakatlar o`rtasida tusiqlar va uzilishlar
"bosqichma-bosqich harakat" sifatida bajariladigan tezlikni o`zgartirish jarayoni
tajribali shofyor tomonidan bir marta qo`lni silliqqina ishlatgan holda bajariladi.
Ortiqcha va keraksiz harakatlar bartaraf etiladi. Jumladan, o`quvchi yozuvni
o`rgana boshlagan paytda bu jarayonni bajararkan, ko`plab ortiqcha harakatlar
qiladi: tilini chiqaradi, gavdasini qimirlatadi, boshini engashtiradi va hokozo.
Harakat jarayoni o`zlashtirib olingandan keyin barcha ortiqcha harakatlar yo`qolib
ketadi. Mujassamlashuv yuz beradi, ya`ni harakatlarni ikkala qo`l (oyoq) bilan bir
vaqtning o`zida bajarish boshlanadi. Pirovardida harakatlarni bajarish sur`ati
tezlashadi.
Shunday
qilib,
harakatlarni
o`zlashtirish
jarayonida
uning
harakatlantiruvchi barcha jihatlari: harakatlar tarkibi (u soddalashadi),
harakatlarning izchilligi (u uzluksiz bajariladigan bo`ladi) va harakatlarning
uygunligi (ular bir vaqtning o`zida bajariladigan bo`ladi), shuningdek ularning
tezligining mumkin qadar rejali bo`lishiga imkon tug`iladi.
2. Harakatni sensor nazorat qilish usullari o`zgaradi. Harakatlarning
bajarilishini ko`rish orqali nazorat qilish ko`proq mushaklar yordamida (kinestetik)
nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinistkaning harflarga qaramasdan
yozishi, malakali slesarning iskanani bolg`a bilan urayotganda ko`rish nazoratini
ishga solmasligi (slesar bolg`ani urayotib, iskananing qalpog`iga emas, balki uning
tig`iga qarab turadi) va shu kabilar oddiy misol bo`la olishi mumkin.
Harakatlarning xarakterini belgilaydigan turli xildagi o`lchamlarning nisbatini
baholash imkonini beradigan maxsus sensor sintezlar hosil bo`ladi. Shofyorda
motorning shovkinida uning qanchalik kuch bilan ishlayotganini bildiradigan
belgilarni ajratish qobiliyati, po`lat erituvchida metallning tarkibini, rangining
tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan va hokozo.
Shunday qilib, harakatlar o`zlashtirila borgan sari uning natijalarini va
bajarilish sharoitlarini yanada aniqrok va tezroq bevosita sifatli nazorat qilish
uchun imkoniyatlar tug`iladi.
3. Harakatni markaziy boshqaruv usullari o`zgaradi. Diqqat ish-amalning
usullarini idrok etishdan ozod bo`ladi, u harakatning asosan sharoiti va natijasiga
qaratilgan bo`ladi. Ba`zi hisob - kitoblar, echimlar va aqliy mehnat talab qiladigan
boshqa jarayonlar tez va birga kushilgan holda (faxmlangan) tarzda amalga oshirila
boshlaydi. Jumladan, shofyor dvigatelning ortiqcha kuch bilan ishlayotganini
uning tovushidanoq sezib,o`ylab-netib o`tirmasdanoq, uning harakatini qaysi
tezlikka ko`chirish kerakligini darhol tushinib etadi; apparatchi asboblarining
ko`rsatkichini ukibok, uning ishlashida ruy beradigan buzilishlarini va ularni
bartaraf etish uchun nimalar qilish kerakligini fahmlaydi. Qo`llanilishi lozim
bo`lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong
yordamida oldindan ko`ra bilish ANTITSIPATSIYA deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: