1.Yonalganlik osttuzilishi - shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik kolami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.
2.Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta'lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, konikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
3.Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4.Biologik shartlanganlik osttuzilishi - miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bogliq bolgan patologik ozgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1.Yonalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga ozaro ta'sir etuvchi har xil xususiyatli goyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yonalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2.Imkoniyatlar - faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta'minlovchi tizim, ozaro ta'sir etuvchi va ozaro bogliq bolgan turlicha qobiliyatlar.
3.Xarakter - ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon boladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma'naviy sharoitlarga ajraladi.
4.Mashqlar toplami - hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), ozini-ozi nazorat qilish, ozini-ozi boshqarishni ta'minlaydi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq togrisida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bolganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bolgan turli xususiyatli boglanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bolgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil korinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bolib, tirik mavjudotlarning oz imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi.
Shu orinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib otish zarur.
Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda ehtiyoj - jonli mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi.Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan ham mohiyat, ham shakl jihatidan tafovutga ega bolib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida oz ifodasini topadi. Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar ozlarining tanasi va uning a'zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, oz oljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash, sezgirlik orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. hayvonlar ehtiyojlarining qondirilish jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bolsa, bu esa oz navbatida ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta'minlaydi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |