Milliy ong nima? Milliy ong - bu millatlar va etnoslarning hayotiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'ladigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, falsafiy, diniy qarashlar, xulq-atvor normalari, urf-odatlar, qadriyatlar va ideallar to'plami.
110. Burch deganda nimani tushunasiz? Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |