Shavkat Mirziyoyev: yoshlar tarbiyasi – eng muhim masalalardan
16.06.2017
Шавкат Мирзиёев: ёшлар тарбияси – энг муҳим масалалардан
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.
Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
Shu yerda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘asi" komplekti, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta’limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi.
Taʼlim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi muhokama qilindi
Hukumat
30 Oktabr 2020
3157
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Sh.Mirziyoev: Eng katta boylik – bu aql-zakovat, ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir
томонидан hudud24 -01:09 / 25-01-20200
Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishda ilm-ma’rifat va innovatsiyaning ahamiyati nechog‘lik muhimligini alohida ta’kidladi.
Prezidentimiz buning uchun tashabbuskor bo‘lib maydonga chiqadigan yangi avlod kadrlarini tarbiyalash kerakligini, strategik fikr yuritadigan malakali kadrlar lozimlgini aytib o‘tdi.
«Shuning uchun bog‘chadan boshlab ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ta’lim sifatini oshirish darkor.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining saviyasini oshirish lozim. Zero, bizga ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va, albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, eng katta boylik – bu aql-zakovat, ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir.
Zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak, dedi Prezidentimiz.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident
Do'stlaringiz bilan baham: |