3. «IJROCHI» (amaliyot ob’ektlari rahbari) quyidagi majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi:
talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va amaliyot Nizomiga muvofiq tashkil etilishini ta’minlaydi;
dasturga muvofiq talabalarni amaliyot o‘tkazishning samaradorligini ta’minlovchi ish joylari bilan ta’minlaydi (zarurat bo‘lganda);
talabalar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjudligida amaliyotchi talabalarni tegishli ish xaqi (iloji bo‘lsa) bilan lavozimlariga qabul qiladi;
amaliyotni o‘tkazishda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan xaftalik (kunlik) ish jadvaliga amal qiladi;
talabalarga ob’ektdagi mavjud adabiyotlar, texnik va boshka xujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi;
ish faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi, zaruriy bo‘lgan xollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullariga o‘rgatadi va bu xaqda xujjatlar rasmiylashtiriladi;
amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
yaqin atrofda joylashgan korxona, muassasa, muzeylar, elektrostantsiya va boshqalarga tashrif va ekskursiyalar tashkil etishga ko‘maklashadi va nazorat qiladi;
talabalarning amaliyot o‘tish vaqtida mazkur amaliyot ob’ektlarining tegishli xodimlari uchun (laborant va x.k.) joriy qilingan shaxsiy ximoya vositalari (rezina, qo‘lqop va x.k.) va kiyimlari (xalat va boshqa) bilan ta’minlaydi;
zarur bo‘lib qolgan taqdirda talabalarni yashash uchun qulay sharoitli yotoqxonalar bilan ta’minlaydi (imkoniyat darajasida);
ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug‘i bilan jazo choralari ko‘radi va bu xaqda oliy ta’lim muassasasi rektoriga xabar qiladi;
amaliyot ob’ekti rahbari amaliyot o‘tayotgan talabalar amaliyot ob’ekti xududida baxtsiz xodisaga uchragan xolda to‘la javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
4. Talabalar amaliyotining umumiy raxbarligi Amaliyot ob’ekti raxbarining buyrug‘i bilan mas’ul xodimlarning biriga yuklatiladi (tarbiyaviy ishlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari yoki ...)
Mazkur shartnoma axdlashuvchi tomonlar imzolagandan so‘ng kuchga kiradi va har yili yangilanib turadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
____________ M.Atajanov
(imzo va muhr)
|
|
Amaliyot ob’ekti rahbari
_________________________________
(imzo va muhr)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |