Shartnoma № 20 yil


Tomonlarning javobgarligi



Download 21,38 Kb.
bet3/4
Sana24.06.2022
Hajmi21,38 Kb.
#701224
1   2   3   4
Bog'liq
NAMUNA SHARTNOMA

6. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Tomonlar shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeks va 29.08.1998-yildagi 670-1-sonli «Xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunining 25-32 bandlari boʻyicha javobgar boʻladilar.
6.2. Toʻlovlar muddati kechiktirilganda, «Iste’molchi» kechiktirilgan har bir kun uchun 0,5 miqdorida, lekin shartnomaning umumiy summasini 50% dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.
6.3. Tovar moddiy boyliklarini etkazib berishni kechiktirganligi uchun «Ta’minotchi» kechiktirilgan har bir kun uchun 0,5 % miqdorida, lekin shartnoma umumiy summasining 50% dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.
6.4. «Iste’molchi» tomonidan tovar moddiy boyliklari ishlatilishi jarayonida sodir etilgan qonun buzilish hollari uchun «Ta’minotchi» majburiyat olmaydi.
6.5. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
6.6. Shartnomani bajarishdan (shartnomada kursatilgan xolatlardan tashkari) bir taraflama bosh tortishga yoki bir taraflama uzgartirish kiritishga yul kuyilmaydi.


7. Nizolarni hal etish tartibi
7.1. Mazkur shartnoma boʻyicha tomonlar shartlarni bajarmagan taqdirda, javobgar tomon keltirilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplaydi.
7.2. Tomonlar oʻrtasada shartnomani tuzishda, bajarilishida, oʻzgartirish va bekor qilishda etkazilgan zararlarni qoplashda yuzaga keladigan nizolar ogohlantirish va da’vo xatlari tartibida, agarda murosaga kelinmasa iqtisodiy Sud orqali hal qilinadi.


8. Korruptsiyaga qarshi kurashish va boshqa shartlar
8.1. Taraflar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Korruptsiyaga qarshi kurshish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan pora berishni taklif qilmaydi, tovlamachilik qilmaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora ya’ni hodimi oʻz hizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrilishiga kafolat beradi.
8.2. Ikki tomonning oʻzaro yozma kelishuviga asosan mazkur shartnomaga kiritiladigan oʻzgarish va qoʻshimchalar qonuniy kuchiga ega boʻladi. Oʻzgarish va qoʻshimchalar shartnomaga ilova qilinishi ham mumkin. Qilingan ilova ikki tomonning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
8.3. Bir tomonlama shartnomani bekor qilishga toʻlov shartlari bajarilmaganligi va maxsulot etkazib berish tartiblari buzilganligi asos boʻladi.
8.4. Shartnomada koʻrsatilgan mablagʻdan ortiqcha miqdorda etkazib berilgan tovar moddiy boyliklari qiymatidagi mablagʻni buyurtmachi toʻlab berishni oʻz zimmasiga olmaydi.


9. Fors- major
9.1 Agar shartnoma tuzilgandan soʻng ikki tomon oʻz majburiyatlarini gʻayri tabiiy holatlar, suv toshqini, yongʻin, er qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar sababli bajarmasa, hech qaysi tomon toʻla yoki qisman bajarilmagan majburiyatlar uchun javobgar hisoblanmaydilar.



Download 21,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish