Belgilar usuli - Bu usulda kartalardagi hamma voqea va hodisalar belgilar bilan ko’rsatiladi. Topografik va obzor topografik kartalarda esa bu belgilar faqat sifatni anglatadi, ammo miqdor ko’rsatkichlarini ifodalamaydi. CHunonchi, topografik kartada un zavodining binosigina shartli belgi bilan ifodalangan xolos. Mavzuli kartalarda esa zavodning o’rnigina emas, uni ishlab chiqaradigan mahsulotini salmog’i (tonna yoki pul hisobida), undagi ishchilar soni, mahsulotini qaerlarga yuborilishi ham ko’rsatilishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, mayda masshtabli mavzuli kartalarda ishlatiladigan belgilar topografik kartalardagi belgilardan shakli, mazmuni jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |