Ko’rgazmali belgilar voqea va hodisalarning shakllaridan iborat bo’lib, karta o’qishini ancha osonlashtiradi, lekin bunda geometrik aniqlik uncha sezilmaydi. Bu usuldan targ’ibot va tashviqot kartalarida ko’proq foydalaniladi. Ob’ektlar belgilarda tasvirlansa, ob’ektni haqiqiy o’rni muayyan shaklning markazi bo’lishi kerak. Lekin ba’zi kartalarda ob’ekt o’z o’rnidan bir oz siljigan holatda ham bo’ladi. Bu usulni geografik kartalarda qo’llash birmuncha murakkabroq. O’rta yoki oliy yquv yurt kartalarini yoxud ilmiy ma’lumotnoma tipidagi kartalarni tuzishda belgilarning bir xil variantlarni ishlatish to’g’ri emas, chunki ob’ektlarning eng kichik va eng katta ko’rsatkichlar orasidagi farq katta bo’lsa belgilardan foydalanish qiyinlashadi. Voqea va hodisalar absolyut (mutlaq) va nisbiy miqdorda tasvirlanadi. Absolyut ko’rsatkichlar belgining uzunlik, maydon va hajm o’lchamlarida berilishi mumkin. Ko’rsatkichlar uzunlik o’lchamida berilsa, uni o’qish va taqqoslash oson, ya’ni o’lchagich yoki chizg’ich bilan aniqlab masshtab asosiga ko’paytirilsa, ko’rsatkichning miqdori ma’lum bo’ladi. Bu usul qo’llanilganda masshtab asosi oldindan belgilanib olinadi, ya’ni 1000 tonna mahsulot 1 mm uzunlikka teng deyilsa, masshtab asosi 1 mm balandlik 1000 tonnaga to’g’ri keladi deb belgilanadi. - Ko’rgazmali belgilar voqea va hodisalarning shakllaridan iborat bo’lib, karta o’qishini ancha osonlashtiradi, lekin bunda geometrik aniqlik uncha sezilmaydi. Bu usuldan targ’ibot va tashviqot kartalarida ko’proq foydalaniladi. Ob’ektlar belgilarda tasvirlansa, ob’ektni haqiqiy o’rni muayyan shaklning markazi bo’lishi kerak. Lekin ba’zi kartalarda ob’ekt o’z o’rnidan bir oz siljigan holatda ham bo’ladi. Bu usulni geografik kartalarda qo’llash birmuncha murakkabroq. O’rta yoki oliy yquv yurt kartalarini yoxud ilmiy ma’lumotnoma tipidagi kartalarni tuzishda belgilarning bir xil variantlarni ishlatish to’g’ri emas, chunki ob’ektlarning eng kichik va eng katta ko’rsatkichlar orasidagi farq katta bo’lsa belgilardan foydalanish qiyinlashadi. Voqea va hodisalar absolyut (mutlaq) va nisbiy miqdorda tasvirlanadi. Absolyut ko’rsatkichlar belgining uzunlik, maydon va hajm o’lchamlarida berilishi mumkin. Ko’rsatkichlar uzunlik o’lchamida berilsa, uni o’qish va taqqoslash oson, ya’ni o’lchagich yoki chizg’ich bilan aniqlab masshtab asosiga ko’paytirilsa, ko’rsatkichning miqdori ma’lum bo’ladi. Bu usul qo’llanilganda masshtab asosi oldindan belgilanib olinadi, ya’ni 1000 tonna mahsulot 1 mm uzunlikka teng deyilsa, masshtab asosi 1 mm balandlik 1000 tonnaga to’g’ri keladi deb belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |