Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

 
Rossiya—Turkiya
urushi
 
San-Stefano
shartnomasi
Berlin kongressi


71
Kongressda „Berlin traktati“ deb nomlangan hujjat imzolandi.
Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo‘lga
kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi.
Chunonchi, Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish
huquqiga ega bo‘ldi, Kiðr oroli Buyuk Britaniyaga, Bosniya va
Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi. Bolgariya ikkiga bo‘lib
yuborildi. Ayni paytda, Òurkiya to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning
katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan
hududlari berildi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat
mustaqilligi tan olindi.
Rossiya savdo-sanoat doiralari Uzoq Sharq-
ning qo‘lga kiritilishidan manfaatdor edilar.
Shuning uchun ham Amurbo‘yi va Primorye o‘lkasini bosib oldi.
Shu sababli Rossiya Yaponiya bilan yaxshi munosabatda bo‘-
lishga intildi. AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Yaponiyaga
qarshi qaratilgan harbiy ekspeditsiyalarida ishtirok etmadi. 1875-
yilda Yaponiya hukumati Janubiy Saxalinga bo‘lgan da’vosidan voz
kechish sharti bilan Kuril orollarining shimoliy qismini Yaponiyaga
berilishi to‘g‘risida shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
70-yillarda podsho hukumati bilan Brita-
niya hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi
ta’sir doiralarini aniqlash uchun muzo-
karalar boshlandi va bu 1873-yil bitim tuzish bilan yakunlandi.
Unga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonni o‘z ta’siridan tashqari, deb
tan oldi. Buyuk Britaniya esa Xivaga da’vo qilmaydigan bo‘ldi.
1878-yilda Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi yangi
bosqinchilik harakatlarini boshladi. Biroq, afg‘on xalqi bosqinchi-
larga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga Afg‘onistonning
Rossiya ta’sirida bo‘lgan siyosiy arbobi Abdurahmon boshchilik
qildi. Qo‘zg‘olonchilar tez orada inglizlar ustidan g‘alaba qozon-
dilar. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati
Abdurahmonni Afg‘oniston amiri deb tan olishga majbur bo‘ldi.
O‘zining strategik maqsadiga erishgan Rossiya hozirgi Òurk-
maniston hududlarini bosib olishga kirishdi. 1880-yilda  Rossiya
qo‘shinlari general Skobelev boshchiligida yurish boshladi. 1881-
yilda shiddatli janglardan keyin Ko‘ktepa qal’asi egallandi. Ayni
paytda, turkman qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar,
ularning yagona kuch sifatida birlasha olmaganliklari ham Rossiyaga
juda qo‘l keldi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish