23
„Marselyeza“ qo‘shig‘i mamlakat madhiyasi etib belgilandi.
Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz
xalqining Milliy bayram kuni deb e’lon qilindi.
O‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan qator huquq
va erkinliklar e’lon qilindi. Xususan, matbuot va yig‘ilish o‘tka-
zish, siyosiy tashviqot bilan shug‘ullanish kabi erkinlik va huquq-
lar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi be-
rilmadi.
Parlament
(fr.) — saylov asosida tuziladigan qonun chiqaruvchi
oliy davlat organi.
Respublika
(lot. jamiyat ishi) — fuqarolarning umumiy saylovi aso-
sida boshqariladigan davlat.
Monarxiya
(yunoncha) — yakka hukmronlik.
Do'stlaringiz bilan baham: